O‘zbekiston | 07:39 / 05.04.2022
15475
2 daqiqa o‘qiladi

Budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqini hisoblash avtomatlashtiriladi

Foto: Kun.uz

Vazirlar Mahkamasining “Moliya vazirligi huzurida Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish hamda budjet tashkilotlarida moliyaviy nazoratni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi yuridik shaxs maqomiga ega va davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi. 

Budjet tashkilotlarida ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni amalga oshirishni avtomatlashtirish maqsadida:

2022 yil 1 maydan boshlab budjet tashkilotlarida ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni xodimlarning bank plastik kartalariga o‘tkazish uchun xodimlar ro‘yxati (davlat siri yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlar bundan mustasno) Moliya vazirligining axborot tizimidan Markaziy bankning axborot tizimi orqali tegishli tijorat bankining axborot tizimiga faqat avtomatlashtirilgan tarzda elektron shaklda yuboriladi;

2023 yil 1 yanvardan boshlab Maktabgacha ta’lim vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi tashkilotlarning xodimlariga ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni avtomatlashtirilgan holda hisoblashda Xalq ta’limi vazirligining tajribasi joriy etiladi.

2023 yil 1 yanvardan boshlab budjet tashkilotlarining budjet so‘rovlari, xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini qog‘oz shaklida rasmiylashtirish amaliyoti bekor qilinadi hamda ularni to‘liq elektron shaklda rasmiylashtirish tartibi joriy etiladi, bundan davlat siri yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlar mustasno.

Mavzuga oid