Shavkat Mirziyoyev Qosim-Jo‘mart To‘qayev bilan telefon orqali muloqot qildi
Shavkat Mirziyoyev 5 aprel kuni Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, prezidentlar Ramazon oyi boshlangani bilan bir-birlarini samimiy tabriklab, birodar O‘zbekiston va Qozog‘iston xalqlariga farovonlik va ravnaq tiladi.
Oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.
O‘zaro savdoni ko‘paytirish, sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha qo‘shma loyihalarni ilgari surish, madaniy-gumanitar dastur doirasida faol almashinuvlarni davom ettirishga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, mintaqaviy hamkorlikning dolzarb jihatlari, shu jumladan, 2022 yil sentabrida O‘zbekistonda ShHT sammitini o‘tkazish va unga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan fikr almashildi.
Mavzuga oid
22:16 / 27.09.2024
To‘qayev korteji marshrutidan o‘q otish qurollari topildi
16:18 / 02.09.2024
Qozog‘iston prezidenti mamlakat xalqiga murojaatnoma yo‘lladi
17:28 / 15.08.2024
Qozog‘istonda prezident va Olimpiada sovrindorlari uchrashuvi boshqa sanaga qoldirildi
17:34 / 10.08.2024