Jahon | 15:00 / 06.04.2022
8207
1 daqiqa o‘qiladi

Gretsiyada narxlar oshishiga qarshi 24 soatlik ish tashlash boshlandi

Gretsiyada so‘nggi oylarda kuzatilayotgan narx-navolar oshishiga qarshi norozilik sifatida umumiy ish tashlash boshlandi. Norozilik aksiyasi 24 soat davom etadi.

Foto: DW

Mamlakatda ish tashlash o‘tkazishga 2,5 mln nafar ishchi-xodimni birlashtirgan ADEDY va GSEE kasaba uyushmalari birlashmalari da’vat qilgan

Ayni paytda Gretsiyada paromlar harakati to‘xtatilgan. Bundan tashqari, yirik shaharlardagi temiryo‘l va transport xodimlari ham ishga chiqmagan.

Kasaba uyushmalarining ma’lum qilishicha, davlat muassasalari va tashkilotlari ham yopilgan. Davlat shifoxonalari va maktablar faoliyati cheklangan. 

Gretsiya o‘n yilga yaqin davom etgan moliyaviy inqirozdan 2018 yilda chiqqandi, ammo ikki yildan so‘ng pandemiya mamlakat iqtisodiyotiga jiddiy zarar yetkazdi. Hozirda energiya narxlari oshishi inqirozni chuqurlashtirmoqda.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid