Jahon | 12:59 / 13.04.2022
33702
5 daqiqa o‘qiladi

Mariupolga press-tur, Xarkov o‘qqa tutilishi davom etmoqda. Urush suratlari

13 aprel kuni Vladimir Putin Ukraina tomoni Istanbulda erishilgan kelishuvlardan og‘ishgani va muzokaralar «boshi berk ko‘chaga kirib qolgani» haqida gapirdi. Aleksandr Lukashenko Buchada tinch aholining o‘ldirilishini Buyuk Britaniya tomonidan amalga oshirilgan «psixologik maxsus amaliyot» deb atadi. Putin esa, Ukrainadagi hodisalar haqida gapirarkan, «fojia» so‘zini ishlatdi, ammo Rossiyaga «tanlov qoldirilmagani»ni qo‘shimcha qildi. Donetsk oblasti ma’muriyati rahbari Rossiya armiyasining Ukrainaga bosqini boshlanganidan buyon Mariupol va uning atrofidagi hududlarda 20-22 ming kishi halok bo‘lganini aytdi. Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy «Muxolifat platformasi — Hayot uchun» partiyasi rahbari Viktor Medvedchuk qo‘lga olinganini aytdi, OAVda u«Putinning kumi» deb ataladi - Putin uning qizining cho‘qintirgan otasi hisoblanadi.

Politsiyachilar Buchadagi ommaviy qabr ustini plyonka bilan yopmoqda. Sud tibbiyot ekspertlari Buchada dafn etilganlarni eksgumatsiya qilishni boshladi, bu yerda tinch aholi vakillari bo‘lgan 410dan ortiq kishining jasadi topilgan.
Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA

Ukrainadagi urush. So‘nggi ma’lumotlar

  • AQSh prezidenti Jo Bayden rossiyalik harbiylarning Ukrainadagi harakatlarini ilk bor genotsid sifatida xarakterladi. Bungacha, hatto Bucha va Kiyev oblastining boshqa shaharlarida tinch aholining o‘ldirilishiga oid faktlar ma’lum bo‘lganida ham Bayden faqat «harbiy jinoyatlar» atamasini qo‘llagandi.
  • Shu kunlarda xorijlik korrespondentlar kirishiga ruxsat berilgan Mariupolda janglar davom etmoqda. Ukraina qurolli kuchlari Rossiya harbiylari «Azovstal» metallurgiya kombinati va dengiz porti yo‘nalishida hujumga o‘tayotgani haqida xabar bergan.
  • Jo Bayden ma’muriyatidagi manba ko‘plab nashrlarga yaqin vaqtlar ichida AQSh Ukrainaga yana 750 mln dollarlik yordam berishi haqida e’lon qilinishi to‘g‘risida xabar berdi. Bu pullarga texnikalar xarid qilinadi, ammo bu qanday texnikalar bo‘lishi ma’lum emas.
  • Ukraina prokuraturasi ma’lumotiga ko‘ra, urush boshlanganidan buyon mamlakatda 191 nafar bola halok bo‘lgan, yana 540 bola yaralangan.
  • Polsha, Litva, Estoniya va Latviya prezidentlari Ukrainada bo‘lib, Kiyevda Volodimir Zelenskiy bilan uchrashadi. Ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan suratlardan ma’lum bo‘lishicha, ular Ukraina poyezdida Kiyevga yo‘l olmoqda.
Ko‘chalardan yig‘ilgan jasadlarni morgga jo‘natishga hozirlanayotgan ko‘ngillilar
Rodrigo Abd / AP / Scanpix / LETA
Buchadagi qirg‘in vaqtida halok bo‘lganlarning jasadlarini olib ketayotgan erkak
Fadel Senna / AFP / Scanpix / LETA
Xarkov o‘qqa tutilishidan keyingi yong‘in o‘chirilmoqda
Sergey Kozlov / EPA / Scanpix / LETA
Xarkov oblasti Barvenkovo posyolkasida turgan ukrain askarlari
Marko Djurica / Reuters / Scanpix / LETA
Ukrain artilleriyachisi Lugansk oblasti g‘arbidagi Lisichansk yaqinida turgan tank ustidan shox-shabbalarni olmoqda
Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA
Rossiyaparast kuchlar harbiy xizmatchilari Mariupoldagi janglar vaqtida zirhli texnikaga o‘qlar ortmoqda.
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
Rossiyalik askar Mariupoldagi vayron bo‘lgan dramatik teatrdagi zinadan ko‘tarilmoqda. Surat Rossiya armiyasi tomonidan tashkil etilgan maxsus press-tur chog‘ida olingan.
Alexander Nemenov / AFP / Scanpix / LETA
Mariupol. Foto: Alexander Nemenov / AFP / Scanpix / LETA
Ukraina qurolli kuchlarining asirga tushgan yarador harbiy xizmatchisi DXRdagi shifoxonada.
Sergey Bobilev / TASS
Mariupol, qush parvozi balandligidan ko‘rinish.
Andrey Borodulin / AFP / Scanpix / LETA
Ukraina harbiylari tomonidan ishdan chiqarilgan ruslarning jangovar zirhli mashinasi, Dnepr yaqinidagi Yahidne shahri hududi
AP Photo/Evgeniy Maloletka
Xarkovga berilgan zarbalardan keyin ishlayotgan o‘t o‘chiruvchilar AP Photo/Felipe Dana
Dnepr yaqinidagi otishma chog‘ida shikastlangan uyidan chiqib kelayotgan Mixaylo Chilovan
AP Photo/Evgeniy Maloletka
Dnepr yaqinidagi Yahidne shaharchasi hududiga tushgan raketa
AP Photo/Evgeniy Maloletka
Bucha shahrida rossiyaliklar ishg‘oli chog‘ida o‘ldirilgan 32 yoshli o‘g‘li Dmitro Stefenkoning portretini ko‘tarib yig‘layotgan ona
AP Photo/Rodrigo Abd
Marta Fyodorova 6 yoshli o‘g‘li Volodimir va 5 yoshli qizi Violetta bilan Dnepr shahrida harbiy harakatlar maydonidan qochib kelganlar joylashtirilgan maktab binosida. U eri va besh farzandi bilan Bahmud shahridan kelgan.
AP Photo/Petros Giannakouris

 

Mavzuga oid