Efrem Lukatsky / AP / Scanpix / LETA

Rossiya 15 iyunga ötar keçasi 70 ta raketa va 600 dan ortiq dron bilan Kiyev, Xarkiv va Dnipro böylab hujum uyuştirdi. Kiyev meri Vitaliy Kliçkoga köra, şaharda beş kişi halok bölib, 30 dan ortiq kişi jarohat olgan. Ukraina poytaxtining deyarli barça hududlarida, jumladan, markazda vayrongarçiliklar qayd etilgan.

Hujum oqibatida Kiyev-Peçersk lavrasida yonğin çiqqan – Uspenskiy sobori yonib ketgan. Çerkov xizmatçilari lavra hududidan ikonalar va yodgorliklarni olib çiqib, ularni yonğindan saqlab qolişga harakat qilişgan. Bir neça soat ötib yonğin öçirildi, qimmatbaho buyumlar saqlab qolindi.

Lavra boş direktori Maksim Ostapenkoning sözlariga köra, Rossiya tomonidan ikkita maqsadli zarba berilgan. Tungi soat 1:30 atrofida dronlardan biri sobor markaziga kelib urilgan, şundan söng gumbaz va yuqori qavatlarni qamrab olgan yonğin boşlangan. Ikkinçi zarba Ioann Kuşnik minorasi va lavra qarşisida joylaşgan «Mistetskiy arsenal» muzey majmuasi binosiga kelib urilgan.

Ukraina pravoslav çerkovi rahbari Yepifaniy Kiyev böylab zarbani «Rossiyaning insoniyatga, tarixga, xristianlikka qarşi navbatdagi jinoyati», Vladimir Putinni esa «Kreml dajjoli» deb atadi. Ukraina pravoslav çerkovi vakili, Nejinskiy va Prilutskiy mitropoliti Kliment «bu şunçaki tarixiy inşoot emas, balki xristianlarning buyuk ziyoratgohi bölgani»ni ta’kidlagan. «Bu oqşom Uspenskiy soborida qolgan yaralar allaqaçon barça axloqiy çegaralarni bosib ötgan uruşdan yaralangan butun Ukraina xalqining çuqur fojiasini aks ettiradi», – dedi Kliment.

Lavra böylab berilgan zarbani Yevropa mamlakatlari yetakçilari va vazirlari – jumladan, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron qoraladi. «Rossiyaning Ukrainaga qarşi tört yildan ortiq davom etayotgan tajovuzkor uruşi kabi, jahon madaniy merosiga qilingan bu hujumni ham aslo oqlab bölmaydi», – deya yozgan u.

Rossiya qöşinlarining Ukraina poytaxtiga hujumi vaqtida Kiyev-Peçersk lavrasi hududidagi Uspenskiy soborida çiqqan yonğin
Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA
Qutqaruvçilar Uspenskiy sobori içkarisida
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA