O‘zbekiston | 12:23 / 14.04.2022
17360
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent metrosi aholidan jyetonlarni xarid qilishi haqida e’lon berdi

“Toshkent metropoliteni” DUK ma’muriyati 15 apreldan boshlab aholida qolgan metro jyetonlarini xarid qiladi. Bu haqda Toshkent shahar transport boshqarmasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Transport vazirligi

Ma’lum bo‘lishicha, Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi o‘z vakolati doirasida pul mablag‘larini  iste’molchiga qaytarish yoki o‘rniga QR-kodli chiptalar ko‘rinishida metropolitenda harakatlanish uchun amaldagi to‘lov shakllarini yoki yagona transport kartalarini joriy yilning 15 aprelidan  boshlab taqdim etish to‘g‘risida  bajarilishi majburiy bo‘lgan buyruq chiqargan.

Shunga muvofiq, aholidagi mavjud jyetonlar 2022 yilning 15 aprel sanasidan boshlab amaldagi yo‘l haqi asosida “Toshkent metropoliteni” DUK ma’muriyati tomonidan xarid qilinishi belgilangan.

Jyetonlar dushanbadan jumaga qadar soat 9:00 dan 16:00 gacha Islom Karimov ko‘chasi 16a uy “Toshkent metropoliteni” DUK binosida qabul qilinadi.

Metroda avtomatlashtirilgan to‘lov tizimining joriy etilishi munosabati bilan 2020 yil noyabr oyidan boshlab jyetonlarni qabul qilish to‘xtatilgan. 

Barcha metro bekatlari NFC orqali to‘lovlarni amalga oshirish, shuningdek, QR-kodli chiptalar, transport va bank kartalarini qabul qilish imkonini beruvchi statsionar validatorlar bilan jihozlangan.

Mavzuga oid