Nyu-York politsiyasi metroda yo‘lovchilarni o‘qqa tutganlikda gumonlangan shaxsni hibsga oldi
Nyu-York metrosida otishma keltirib chiqarishda gumon qilingan 62 yoshli shaxs hibsga olish jarayonida qarshilik ko‘rsatmagan. Hodisada yaralangan 23 kishidan 10 nafari o‘qdan jarohat olgan.

Foto: Reuters
Nyu-York metrosida kamida 23 kishi jarohat olgan otishma sodir bo‘lgan kunning ertasiga politsiya gumonlanuvchi shaxsni qo‘lga oldi. «Biz uni ushladik», dedi Nyu-York meri Erik Adams 13 aprel, chorshanba kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida.
Mahalliy politsiya boshlig‘i Kichant Syuellning so‘zlariga ko‘ra, 62 yoshli Frenk Jyeyms ko‘chada qo‘lga olingan va qarshilik ko‘rsatmagan. Unga jamoat transportida «terroristik yoki boshqa zo‘ravonlik hujumi» moddasi bo‘yicha ayblov qo‘yilgan. Gumonlanuvchi 14 aprel, payshanba kuni sudga chaqirilishi rejalashtirilgan. Uning harakatlariga nima sabab bo‘lgani noma’lumligicha qolmoqda.
12 aprel kuni ertalab, tig‘iz vaqtda metro yo‘lovchilaridan biri gazga qarshi niqob taqib olib, ikkita kanistrni ochgan va undan tutun chiqqach, poyezdda otishma keltirib chiqargan, so‘ngra uni Nyu-Yorkning Bruklin tumani hududidagi «36-ko‘cha» bekati platformasida davom ettirgan. 10 kishi o‘qdan yaralangan, yana 13 kishi tutundan zaharlangan yoki qochish paytida jarohat olgan.
Gumonlanuvchi Frenk Jyeyms avvalroq Nyu-York va Nyu-Jyersi shtatlari politsiyasi tomonidan jinsiy zo‘ravonlik, buzib kirish vositalariga egalik qilish va jamoat tartibini buzish kabi ayblovlar bo‘yicha 12 marta qo‘lga olingan. Agar aybi isbotlansa, u umrbod qamoq jazosiga hukm qilinadi.
Tavsiya etamiz
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” Qurbon hayiti sharafiga aksiya e’lon qildi – 50% gacha chegirma
Jamiyat | 17:00
-
2 iyun yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
O‘zbekiston | 21:59
-
Pentagon rahbari Ukrainaning «Pavutina» operatsiyasi haqida muntazam ma’lumot olgan – OAV
Jahon | 21:50
-
Toshkent viloyatida sinov tariqasida sintetik metan ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi
O‘zbekiston | 21:49
Mavzuga oid

21:33 / 28.05.2025
Tirbandlik solig‘i Nyu-York shahriga 4 oyda 216 million dollar keltirdi

21:10 / 02.04.2025
AQSh sudi Nyu-York meriga ochilgan jinoiy ishni yopdi

23:03 / 11.03.2025
Nyu-Yorkdagi o‘rmon yong‘inlari nima sababdan kelib chiqqani ma’lum bo‘ldi

21:23 / 09.03.2025