O‘zbekiston | 07:28 / 14.04.2022
7194
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda qurilish kranida yong‘in kelib chiqdi

Videodan kadr

Toshkent shahrining Sergeli tumani «Habibiy» mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi qurilish obektida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar qilmoqda.

Joriy yilning 13 aprel kuni soat 19:04 da Sergeli tumani «Habibiy» MFY, Sergeli-5 dahasida joylashgan yangi qurilayotgan ko‘p qavatli binoda qurilish ishlarida foydalanilayotgan, taxminan 25 metr balandlikdagi minora kranining kabina qismida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra, 3 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 19:11 da yong‘inga yetib borib, 19:34 da yong‘in to‘liq bartaraf etilgan. Yong‘in oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda, deyiladi rasmiy xabarda.

Mavzuga oid