Jahon | 23:52 / 16.04.2022
27290
1 daqiqa o‘qiladi

Hindiston Rossiyadan Mi-17V5 vertolyotlarini sotib olmaydigan bo‘ldi

Ta’kidlanishicha, Hindiston hukumati mahalliy vertolyotlar ishlab chiqarish dasturini qo‘llab-quvvatlashga qaror qilgan.

Foto: RIA "Novosti"

Hindiston harbiy-havo kuchlari mahalliy ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan "Made in India" loyihasi tufayli Rossiyadan 48 dona Mi-17V5 vertolyotlarini sotib olmaydigan bo‘ldi. Bu haqda Ani agentligi o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.

"Shartnomani yopishga qaror qilindi. Harbiy-havo kuchlari mahalliy vertolyotlar ishlab chiqarish dasturini qo‘llab-quvvatlashiga qaror qilindi", - degan manbalar.

Agentlik suhbatdoshlarining so‘zlariga ko‘ra, ushbu qaror Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishidan ancha avval qabul qilingan.

Qayd etilishicha, Hindiston hukumati "Made in India" loyihasi doirasida import qilinuvchi mahsulotlar o‘rnini mahalliy mahsulotlar bilan to‘ldirishni rejalashtirgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid