O‘zbekiston | 08:32 / 22.04.2022
7697
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonning to‘rt shahrida innovatsion texnopark tashkil etiladi

Vazirlar Mahkamasining “Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparklari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Toshkent shahrida barpo etilgan “INNO” innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparki Namangan, Buxoro, Jizzax va Nukus shaharlarida 2023-2026 yillarda bosqichma-bosqich tashkil etiladi. Bunda, 8 ta startap-akselerator, 4 ta biznes-inkubator, 4 ta ishlab chiqarish maydonlari, 12 ta kovorking markazlari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

Tashkil etiladigan Texnoparklar mahalliy budjet hamda O‘zbekiston ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.

Belgilanishicha:

  • texnoparklar rezidentlari innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun eng qulay sharoitlarni yaratish maqsadida O‘zbekiston hududi doirasida eksterritoriallik prinsipi asosida joylashtiriladi;
  • texnoparklarni qurilish va jihozlash xarajatlari 90 foizi O‘zbekiston ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi, 10 foizi Qoraqalpog‘iston respublika budjeti va tegishli viloyatlar mahalliy budjetining mablag‘lari hisobidan qoplanadi;
  • texnoparklarga har yili “Bo‘lajak olim” tanlovi doirasida ajratiladigan mablag‘larning 30 foizdan kam bo‘lmagan miqdori startap loyihalarni e’lon qilish, ko‘rib chiqish, tanlab olish va muvaffaqiyatli loyihalarni moliyalashtirish uchun yo‘naltiriladi.
Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid