“Dunyo” AA xabar berişiça, Rossiya axborot agentliklari ma’lumotlariga köra, Boşqirdiston rahbari Radiy Xabirov va Toşkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev örtasida uçraşuv ötkazilgan. Unda ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlaş, amalga oşirilayotgan va rejalaştirilayotgan qöşma loyihalarni jadallaştiriş masalalari körib çiqilgan.
Qayd etilişiça, asosiy taşabbuslardan biri — Toşkent viloyatining Bekobod tumanida Özbekiston–Boşqirdiston texnoparkini taşkil etişdir. Ma’lumotlarga köra, texnopark qurilişini 2026 yil bahorida boşlaş rejalaştirilgan.

Uçraşuvlar doirasida yana bir yönaliş sifatida Toşkent viloyatida Boşqirdiston asalariçilik ilmiy-tadqiqot markazi iştirokida apiterapiya markazi taşkil etiş rejasi ham tilga olingan.
Bundan taşqari, Boşqirdistonning Igli tumanida özbekistonlik investorlar çorvaçilik sohasida yirik loyiha amalga oşirişni, Ufada esa mehmonxona qurişni rejalaştirayotgani aytilgan. Şuningdek, Boşqirdistonda maişiy texnika işlab çiqarişni mahalliylaştiriş imkoniyatlari ham muhokama qilingan.

Rossiya OAV yozişiça, hamkorlikni kengaytiriş böyiça keyingi qadam sifatida Boşqirdiston delegatsiyasining şu yil aprel oyida Özbekistonda ötkaziladigan “INNOPROM. Markaziy Osiyo” xalqaro konferensiyasida iştirok etişi közda tutilgan.











