Jahon | 21:32 / 25.04.2022
13712
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda Rossiya texnologiyasi asosida insulin ishlab chiqariladi

Kelishuv Rossiyaning «Gerofarm» va O‘zbekistonning Zuma Pharma kompaniyalari o‘rtasida imzolandi.

Foto: Getty Images

Toshkentda «Innoprom. Markaziy Osiyo» xalqaro sanoat ko‘rgazmasida insulin ishlab chiqarish bo‘yicha Rossiya texnologiyalarini transfer qilish va mahalliylashtirish to‘g‘risida kelishuv imzolandi. Bu haqda «Gerofarm» kompaniyasi xabar berdi.

Kelishuvni Rossiyaning «Gerofarm» va O‘zbekistonning Zuma Pharma kompaniyalari imzoladi. Rossiya kompaniyasi insulin gormoni ishlab chiqarish texnologiyalari, kelgusida esa tayyor davolov formasi transferini amalga oshiradi.

Qayd etilishicha, mazkur kelishuv strategik tusga ega va O‘zbekiston hududida insulin ishlab chiqarish sohasidagi hamkorlikning asosiy yo‘nalishlarini belgilab beradi.

Insulin — qandli diabet kasalligiga chalingan bemorlar uchun hayotiy muhim preparat hisoblanadi. 

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid