O‘zbekiston | 13:46 / 29.04.2022
11267
1 daqiqa o‘qiladi

Texnikum bitiruvchilari test sinovisiz qabul qilinadigan yo‘nalishlar tasdiqlandi

Texnikum bitiruvchilari bakalavrning 2-bosqichidan test sinovlarisiz o‘qishi mumkin bo‘lgan yo‘nalishlar ro‘yxatida yurisprudensiya, logistika va turizm ham bor. 

Foto: KUN.UZ

Texnikum bitiruvchilari OTMlarning 2-bosqichidan o‘qishni davom ettirishi mumkin bo‘lgan o‘z sohasiga mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati tasdiqlandi, deb xabar bermoqda Oliy ta’lim vazirligi.

To‘liq ro‘yxat bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.

Ma’lumot uchun, 2022/2023 o‘quv yilidan texnikumni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida 2-bosqichdan kirish imtihonlarisiz, suhbat orqali o‘qishini davom ettirishlari mumkin.

Зуҳра Абдуҳалимова
Tayyorlagan Зуҳра Абдуҳалимова
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid