O‘zbekiston | 18:17 / 30.04.2022
48537
2 daqiqa o‘qiladi

Ramazon hayiti 2 may kuni nishonlanadi

O‘zbekistonda 2022 yilgi Ramazon hayiti 2 may, dushanba kuni nishonlanadi. Bu borada prezident qarori e’lon qilindi.

Foto: Kun.uz / Muhammadjon G‘aniyev

“Joriy yilda Ramazon hayitining birinchi kuni 2 may – dushanba kuniga to‘g‘ri kelishi to‘g‘risida O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashi tomonidan qabul qilingan qarorni inobatga olib, mamlakatimizda 2022 yil 2 may kuni Ramazon hayiti bayrami sifatida keng nishonlansin”, – deyiladi prezident qarorida.

Shuningdek, prezident bugun imzolagan 131-sonli farmonga asosan, 2022 yilda qo‘shimcha dam olish kunlari belgilangan prezident farmoniga o‘zgartirishlar kiritildi.

Unga ko‘ra, 2022 yil 3-4 may kunlari haftasiga 6 kun ishlovchilar uchun qo‘shimcha dam olish kunlari deb belgilandi.

Haftasiga 5 kun ishlovchilar uchun 3 may qo‘shimcha dam olish kuni, 4 may esa 7 may (shanba)dan ko‘chirilgan dam olish kuni bo‘ladi.

14 may (shanba) besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kuni hisoblanadi. 3 may qo‘shimcha dam olish kuni sifatida belgilangani uchun boshqa kuni ishlab berilmaydi.

Комрон Чегабоев
Tayyorlagan Комрон Чегабоев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid