Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda hayit namozi o‘qilishi munosabati bilan qator ko‘chalar yopiladi
Toshkent shahrida Ramazon hayiti bayrami nishonlanishi munosabati bilan 2 may kuni soat 00:00 dan 07:00 ga qadar bir qator ko‘chalarda transport vositalari harakati to‘xtatiladi. Bu haqda shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar qildi.
Qayd etilishicha, quyidagi hududlar transportlar harakati uchun yopiladi:
Olmazor tumani:
«Imom Buxoriy» masjidi oldidagi Chimboy ko‘chasi – Forobiy – Chimboy ko‘chalari chorrahasidan Chimboy – KHAY chorrahasigacha;
«Hazrati imom» masjidi oldidagi Qorasaroy ko‘chasi – Qorasaroy – Qodiriy ko‘chalari chorrahasidan Qorasaroy – Nurafshon ko‘chalari chorrahasigacha.
Shayxontohur tumani:
«Shayx Zayniddin» masjidi oldidagi Uyg‘ur ko‘chasi – Nurafshon – Uyg‘ur ko‘chalari chorrahasidan Uyg‘ur – Beshqayrag‘och ko‘chalari chorrahasigacha;
«Kox-ota» masjidi oldidagi Sebzor ko‘chasi – Nurafshon – Sebzor ko‘chalari chorrahasidan Nurafshon – Labzak ko‘chalari chorrahasigacha.
Chilonzor tumani:
«Ubay ibn Ka’b» Al-Xorazmiy masjidi oldidagi Al-Xorazmiy ko‘chasi – Al-Xorazmiy – Xirmontepa ko‘chalari chorrahasidan Al-Xorazmiy – Katta Qa’ni chorrahasigacha;
«Katta Qozirabod» masjidi oldidagi Chilonzor ko‘chasi – Chilonzor – Cho‘ponota ko‘chalari chorrahasidan Chilonzor – Nurxon chorrahasigacha;
«Shayx» masjidi oldidagi So‘galli ota ko‘chasi – Al-Xorazmiy – So‘galli ota ko‘chalari kesishmasidan Xonabod 2-berk ko‘chasidan – So‘galli ota ko‘chasigacha.
Uchtepa tumani:
«Abdulloh ibn mas’ud» masjidi oldidagi Lutfiy ko‘chasi – Lutfiy – Xirmontepa ko‘chalari chorrahasidan Lutfiy – Katta Qa’ni ko‘chalari chorrahasigacha;
«Hazrati Umar» masjidi oldidagi Nazarbek ko‘chasi – Nazarbek – Sakkokiy ko‘chalari chorrahasidan Nazarbek –Uyg‘ur chorrahasigacha.
Yunusobod tumani:
«Minor» masjidi oldidagi KHAY ko‘chasi – KHAY va Ko‘rgazma ko‘chalari chorrahasidan KHAY –Sh.Rashidov ko‘chalari chorrahasigacha;
«Mirzo Yusuf» masjidi oldidagi Bog‘ishamol ko‘chasi – Amir Temur – Bog‘ishamol ko‘chasidan Bog‘ishamol – Bodomzor chorrahasigacha.
Yakkasaroy tumani:
«Usmon bin Mag‘zun» masjidi oldidagi KHAY ko‘chasi – KHAY – Qushbegi chorrahasidan KHAY – Cho‘ponota chorrahasigacha.
Yashnobod tumani:
«Islom ota» masjidi oldidagi Farg‘ona yo‘li ko‘chasi – Farg‘ona yo‘li – Fitrat ko‘chalari chorrahasidan Farg‘ona yo‘li – Tolimarjon ko‘chalari chorrahasigacha.
Mirobod tumani:
«Qo‘yliq ota» masjidi oldidagi THAY ko‘chasi – «Qo‘yliq» bozori ko‘prik ostidan THAY va Munis chorrahasigacha.
Sergeli tumani:
«Quddus Sharif» masjidi oldidagi Qipchoq kuo‘chasi — Yangi Sergeli — Qipchoq chorrahasidan Qipchoq — Xonobod chorrahasigacha.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda Ramazon hayiti 2 may kuni nishonlanadi. Toshkentda hayit namozi o‘qilishi munosabati bilan maxsus avtobus yo‘nalishlari tashkil etiladi. Ushbu avtobus yo‘nalishlari soat 03:00 dan 06:00 ga qadar fuqarolarga xizmat ko‘rsatadi.
Mavzuga oid
20:38 / 20.03.2026
Ramazon hayiti munosabati bilan Shavkat Mirziyoyev nomiga qutlovlar kelmoqda
11:12 / 20.03.2026
Toshkentdan bir kunda 500 mingdan ortiq avtomobil chiqib ketdi
07:20 / 20.03.2026
Kun.uz yurtdoshlarimizni muborak Ramazon hayiti bilan samimiy tabriklaydi!
19:50 / 19.03.2026