Oydan olingan tuproqda ilk marta o‘simlik undi
Urug‘lar 2 kun ichida unib chiqqan. Bu kelajakda koinotda faoliyat yuritadigan astronavtlar uchun oziq-ovqat manbalarini yaratishda qo‘l kelishi mumkin.
Florida universiteti olimlari o‘tkazgan tajribada 1969–1972 yillardagi Apollon missiyasi paytida yig‘ilgan chang namunasiga ko‘kat urug‘lari ekilgan. Tuproqqa tashlangach, urug‘lar 2 kundan keyin unib chiqqan. Tajriba mualliflaridan biri Florida universiteti professori Anna-Liza Polning aytishicha, bu – juda hayratlanarli natija.
Olimlar solishtirish uchun Oy va Yer tuprog‘iga bir vaqtda urug‘ qadashgan. Ikkala tur ham 6 kungacha bir xil rivojlangan va keyin Oy tuprog‘idagi o‘simlik o‘sishi sekinlashib, o‘smay qolgan.
Tadqiqotning qiyin tomoni shundaki, tajriba o‘tkazish uchun olimlarda Oy tuprog‘i ko‘p emas. 1 dona o‘simlik yetishtirish uchun ularga 1 grammdan tuproq berilgan. NASA kosmonavtlari 1969–1972 yillarda Oy yuzasidan 382 kilogramm tosh, qum va chang olib kelishgan. Va ular bir necha yil davomida yopiq saqlangan.
NASA rahbari Bill Nelsonning aytishicha, bu tadqiqot NASA uchun juda muhim. Oy va Marsda topilgan resurslar kelajakda koinotda faoliyat yuritadigan astronavtlar uchun oziq-ovqat manbalarini yaratishda qo‘l kelishi mumkin.
Ma’lumot uchun, NASA 2025 yilda 1972 yildan beri birinchi marta Oyga odamlarni qo‘ndirmoqchi.
Mavzuga oid
00:17
Astronomlar Somon yo‘li galaktikasi markazida noyob qo‘shaloq yulduz tizimini kashf etdi
07:51 / 06.12.2024
AQShning Oyga missiyalari 2026 va 2027 yillarga qoldirildi
17:28 / 03.12.2024
Xitoyda ulkan aylanma radioteleskop qurilishi boshlandi
13:48 / 02.12.2024