O‘zbekiston | 07:32 / 17.05.2022
2452
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston global ma’lumotlar barometri reytingida 58-o‘rinni egalladi

2021 yil yakunlariga ko‘ra global ma’lumotlar barometri reytingi (The Global Data Barometer - GDB) e’lon qilindi.

Davlat statistika qo‘mitasi xabariga ko‘ra, mazkur reytingda 100dan ortiq mamlakatlar qatnashgan.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi reytingda 32 ball to‘plab, 58-o‘rinni egalladi. 

Global ma’lumotlar barometrining asosiy modullarida:

O‘zbekiston "Ochiq ma’lumotlar tashabbusi"ni o‘z ichiga olgan "Imkoniyatlar" modulida 80 ball to‘plab, 8-o‘rinni egalladi;

mamlakatda ochiq ma’lumotlar siyosatini o‘z ichiga olgan "Boshqaruv" modulida O‘zbekiston 52 ball to‘plab, 19-o‘rinni egalladi.

Global ma’lumotlar barometri reytingida:

  • 1-o‘rin — AQSh (68 ball);
  • 2-o‘rin — Fransiya (66 ball);
  • 3-o‘rin — Buyuk Britaniya (65 ball).
Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid