Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyaliklar va ukrainaliklar tufayli Turkiyada ko‘chmas mulk savdosi keskin oshdi
Aprel oyida Turkiyada 133 ming uy va kvartira sotilgan, bu bir yil oldingiga nisbatan 39 foizga ko‘pdir. Turk ko‘chmas mulkining asosiy xorijiy xaridorlari Rossiya fuqarolaridir.
Turkiyada turar joy savdosi keskin oshdi, bunga, jumladan, uylar va kvartiralar uchun rossiyaliklar va ukrainaliklar tomonidan talab yuqori ekani sabab bo‘ldi. Turkiya Statistika idorasi Tüik 17 mart, seshanba kuni ma’lum qilishicha, aprel oyida 133 058ta uy-joy sotilgan va bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu oyiga nisbatan 38,8 foizga oshgan.
Shu bilan birga, xorijiy davlatlar fuqarolari bilan ko‘chmas mulk sotib olish bo‘yicha tuzilgan bitimlar soni nomutanosib ravishda – 58,1 foizga oshdi. Oy davomida rossiyaliklar tomonidan Turkiyada sotib olingan kvartiralar va uylar soni ikki baravar ko‘paydi – mart oyidagi 547tadan apreldagi 1152tagacha. Yil davomida bu ko‘rsatkich 186 foizga oshgan. Aprel oyida Rossiyadan ko‘chmas mulk xaridorlari uy-joy sotib oluvchi xorijliklar orasida birinchi o‘ringa chiqib, mart oyida ham, bir yil avval ham bu reytingda yetakchilik qilgan eronliklarni ortda qoldirdi.
Turk ko‘chmas mulklarini ukrainaliklarga sotish ham keskin oshdi. Aprel oyida o‘tgan yilning shu oyiga nisbatan bu ko‘rsatkich 180 foizga, mart oyiga nisbatan 56 foizga oshgan.
Istanbuldagi Golden Sign ko‘chmas mulk kompaniyasi asoschisi Gul Gul o‘zining rossiyalik mijozlari haqida Reuters’ga bergan intervyusida shunday dedi: «Bular oligarxlar emas, ammo boy rossiyaliklar». Uning so‘zlariga ko‘ra, ularning ba’zilari Turkiyada birdaniga 3-5ta kvartira sotib olgan. «Turkiya ko‘chmas mulkiga investitsiyalar chet elliklar uchun jozibador, jumladan, milliy valuta – liraning zaiflashuvi tufayli ham», - deya tushuntirdi u. Birgina 2021 yilning o‘zida lira dollarga nisbatan 44 foizga tushib ketdi va bu yil ham bu tendensiya davom etmoqda.
Ayni paytda, Turkiya ko‘chmas mulk bozorida narxlar tez o‘sdi. Turkiya Markaziy banki statistik ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yil fevral oyida ko‘chmas mulk narxlarining o‘sishi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan deyarli 100 foizga yetdi.
Rossiyaning Ukrainadagi harbiy harakatlari boshlanganidan keyin Turkiya rossiyaliklar ommaviy ravishda ketayotgan va pullarini olib chiqayotgan asosiy mamlakatlardan biriga aylandi. Anqara rasmiylari Ukrainadagi urush boshlanganidan keyin Turkiyaga kelgan rossiyaliklar soni haqida aniq ma’lumotlarni oshkor qilmadi. Shu bilan birga, o‘tgan yili Turkiyaga 4,7 million rossiyalik sayyoh tashrif buyurgan - bu umumiy xorijiy sayyohlarning 19 foizi.
Mavzuga oid
22:23 / 08.06.2026
Harbiy tibbiyot sohasida Turkiya bilan hamkorlik rivojlantiriladi
13:14 / 07.06.2026
Olti yildan buyon qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol Turkiyada ushlandi
16:20 / 26.05.2026
O‘lim to‘shagida ochilgan sir: turk tadbirkorining Shveytsariya bankiga qarshi moliyaviy urushi
13:52 / 26.05.2026