Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«O‘zmedimpeks» direktori va SSV mas’ul xodimi vazifasidan ozod etildi
Sog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyrug‘iga asosan «O‘zmedimpeks» davlat unitar korxonasi direktori Diyorxon Kattaxo‘jayev egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Bu haqda SSV matbuot kotibi xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, u xizmat faoliyatida yo‘l qo‘ygan xato va kamchiliklari hamda tizimda davlat xaridlarini amalga oshirishdagi sustkashligi uchun ishdan olingan. Shuningdek, Sog‘liqni saqlash vazirligining Dori vositalari, tibbiy buyumlar va jihozlar muomalasini tartibga solish hamda muruvvat yordamini muvofiqlashtirish boshqarmasi mas’ul xodimi ham egallab turgan vazifasidan ozod etilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2019 yil dekabrida bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev «O‘zmedimpeks» korxonasi dori vositalarini qimmat sotib olib, budjetga 9,3 mln dollar va 4 mlrd so‘m zarar yetkazgani haqida ma’lum qilgandi. O‘sha yili shifoxonalarga yaroqliligi sentabrda tugaydigan 7 milliard so‘mlik 107 mingdan oshiq aerozol tarqatgan - holbuki bu doriga yillik haqiqiy ehtiyoj bundan 250 baravar kam bo‘lgan.
Mavzuga oid
21:46 / 12.12.2025
«Elektron retsept». SSV jamoatchilikni qiziqtirayotgan muhim savollarga javob qaytardi
17:57 / 13.11.2025
O‘zbekistonda aholining yagona elektron tibbiy kartasi yaratildi
18:53 / 30.07.2024
Maktab o‘quvchilari va bog‘cha tarbiyalanuvchilarining to‘rtdan bir qismida turli kasalliklar aniqlandi
11:28 / 22.07.2024