Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namanganda kuchli yomg‘ir ko‘prikni qisman yemirib yubordi
Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyati Yangiqo‘rgon tumani Iskovot—Baliqko‘l yo‘nalishidagi Begabod soyda 22 may kuni kuchli sel kelgani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi holatga munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, shu kuni viloyatda yog‘gan yomg‘ir oqibatida Iskovot—Baliqko‘l yo‘lining 6–7-kilometrlarida joylashgan ko‘prikning chap tomoni qisman yemirilgan. Hodisada hududdagi aholi yashash xonadonlari, ekin maydonlariga zarar yetmagan.
Hozirda ko‘prik to‘liq nazoratga olingan. Sel kelish xavfining oldini olish va uni bartaraf etish maqsadida Namangan viloyati FVB xodimlari shay holatda turibdi.
Mavzuga oid
15:18 / 15.06.2026
Kuchli yog‘ingarchilik tufayli Rossiya hududlarini suv bosdi – fotolar
15:13 / 15.06.2026
Namanganda ta’lim tizimi mansabdori tezkor tadbirda qo‘lga olindi
11:24 / 08.06.2026
Hafta davomida ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin
17:37 / 04.06.2026