Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“To‘g‘ridan to‘g‘ri amal qilinadigan qonunlarga o‘tish davri keldi” - Sodiq Safoyev
Batamom yangicha tipdagi qonunlarni qabul qilish zarur, dedi Senat raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev.
Ayni paytda “Inson qadri” onlayn platformasi va “2022–2026 yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi” to‘plami taqdimoti o‘tkazilmoqda. Unda Senat raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev so‘zga chiqib, qonun ijodkorligi sohasida amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ishlar haqida to‘xtalib o‘tdi.
“Oldimizda turgan o‘ta dolzarb va murakkab vazifa – qonun ijodkorligi sohasidagi ishni butunlay yangicha tashkil qilishdan iboratdir. Asosiy e’tiborni qonunlar xalq manfaatini qanchalik ifoda etishiga qaratish kerak”, dedi Senat raisi o‘rinbosari.
Sodiq Safoyevning qayd etishicha, qonunni qabul qilishda soha mutaxassislari darajasida bilimga ega bo‘lish, uni ishlab chiqishda yetuk ekspertlar fikriga tayanish lozim. Parlamentning, joylardagi mahalliy kengashlarning analitik salohiyatini mustahkamlash eng dolzarb masalalardan biridir.
“To‘g‘ridan to‘g‘ri amal qilinadigan qonunlarga o‘tish davri keldi. Busiz kelajakda rivojlanishimiz mushkul bo‘ladi. Ya’ni batamom yangicha tipdagi qonunlarni qabul qilish zarur”, dedi Sodiq Safoyev.
Mavzuga oid
19:05 / 26.04.2026
Soliq va tadbirkorlik sohasidagi qonunbuzarliklar uchun javobgarlik kuchaytirildi
08:53 / 22.04.2026
MChJ faoliyatiga oid yangi tahrirdagi qonun kuchga kiradi
09:19 / 08.04.2026
Qo‘riqlash departamenti vakolatlari kengaymoqda
19:12 / 05.04.2026