Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron Gretsiyaning ikki kemasini ushladi
Aprel o‘rtalarida Gretsiya Rossiya bayrog‘i ostida Eron neftini olib ketayotgan Lana tankerini ushlagandi.
Eron islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi kuchlari Fors ko‘rfazida Gretsiyaning ikki tankerini ushladi. Bu haqda IRNA agentligi xabar berdi.
Xabar qilinishicha, Eron harbiy-dengiz kuchlari vertolyoti Fors ko‘rfazida Gretsiya bayrog‘i ostida suzayotgan Delta Poseidon kemasi bortiga qo‘ngan. So‘ngra kema ekipaji, jumladan, ikki nafar gretsiyalik fuqaro qo‘lga olingan. Eron sohili yaqinida suzayotgan Prudent Warrior grek kemasi bilan ham xuddi shu holat yuz bergan.
Gretsiya tashqi ishlar vazirligi Eronning bu harakatini keskin qoraladi.
Avvalroq Nournews agentligi Eron hukumati Eron neftini olib ketayotgan tanker Gretsiya tomonidan ushlangani sababli javob "jazo choralari"ni ko‘rishga qaror qilgani haqida xabar bergandi.
Aprel o‘rtalarida Gretsiyada Rossiya bayrog‘i ostida Eron neftini olib ketayotgan Lana tankeri ushlangandi. Xabarlarga ko‘ra, Afina neftni AQShga berishga qaror qilgan.
Mavzuga oid
22:21 / 23.06.2026
Tramp Eronning muzlatilgan mablag‘lari faqat oziq-ovqat va dori-darmonga sarflanishini aytdi
09:45 / 23.06.2026
Shveytsariyadagi muzokaralardan so‘ng Eron nefti uchun yo‘l ochildi
22:25 / 22.06.2026
AQSh Eronga neft sotishga vaqtincha ruxsat berdi
13:28 / 22.06.2026