O‘zbekiston | 10:12 / 31.05.2022
10240
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda qator ko‘chalarda transport harakati qisman cheklanadi

Toshkent shahrida yo‘l ta’mirlash ishlari davom etmoqda. Shu kunlarda Mirobod tumanining bir necha ko‘chalari ta’mirlanmoqda.

Foto: Toshkent shahar hokimligi

“Toshshahartransxizmat” matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ushbu ko‘chalar:

  • Mehrjon va Kichik halqa yo‘li kesishmasi;
  • Kichik halqa yo‘li va Avliyo ota ko‘chalari kesishmasi;
  • Temiryo‘lchilar va Sariko‘l ko‘chalari kesishmasi;
  • Mehrjon va Sariko‘l ko‘chalari kesishmasi;
  • Oybek va Kichik halqa yo‘li ko‘chalari kesishmasi;
  • Turkiston va Kichik halqa yo‘li kesishmasi.

Ish jarayonida yo‘l yopilmaydi, balki ko‘chalarda avtotransport harakati qisman cheklanadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid