Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda avtobus haydovchilari o‘rtasida janjal sodir bo‘ldi
Toshkent shahrining Yunusobod tumanida avtobus haydovchilari o‘rtasida mojaro kelib chiqdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda jamoat transporti haydovchilari o‘rtasida yuzaga kelgan mojaro aks etgan video tarqaldi. Toshkent shahar IIBB holat bo‘yicha rasmiy ma’lumot taqdim etdi.
Qayd etilishicha, 2022 yil 1 iyun kuni Yunusobod tumanidagi savdo markazi yonida joylashgan avtobuslar to‘xtash bekatida avtobus haydovchisi, 31 yoshli T.K., ikkinchi avtobus haydovchisi, 43 yoshli A.U. va avtobus konduktori 25 yoshli M.G. o‘rtasida og‘zaki janjal yuzaga kelgan.
Rasmiy ma’lumotda aytilishicha, ushbu mojaro shu yerda bo‘lgan boshqa fuqarolar tomonidan to‘xtatilgan.
Holat yuzasidan avtobus haydovchilari T.K. va A.U.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasiga ("Mayda bezorilik") asosan bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Bildirilishicha, to‘plangan hujjatlar jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudiga taqdim etilgan.
Mavzuga oid
09:00
“GAI”dan takliflar, renovatsiya qonuni va qaytarib olingan zavod – hafta dayjesti
16:28 / 13.06.2026
Toshkentda yo‘l talashgan haydovchi ikkinchi haydovchiga tayoq bilan hujum qildi
21:03 / 06.06.2026
Toshkentda avtobus orqaga yurayotgan payti piyodani bosib ketdi
08:39 / 03.06.2026