Jahon | 14:10 / 05.06.2022
44138
6 daqiqa o‘qiladi

Donbassda og‘ir janglar, ishg‘ol qilingan hududlardagi hayot. Urush suratlari

4 iyun kuni Rossiya va Ukraina ilk bor jasadlar almashinuvini amalga oshirdi — buni ikki tomon ham tasdiqladi. Donetsk oblastida berilgan zarbalar oqibatida yirik ibodatxona yonib ketdi. RF mudofaa vazirligi «ukrain natsionalistlari»ni unga o‘t qo‘yishda aybladi, Volodimir Zelenskiy bu hudud rossiyalik harbiylar tomonidan o‘qqa tutilgani, ular bu yerda «300 nafar atrofida tinch aholi vakillari, jumladan 60 nafar bola» bo‘lganini bilgan holda zarba berishganini aytdi. Severodonetsk uchun og‘ir janglar davom etmoqda, shahar ma’muriyati xabar qilishicha, rossiyaliklarning ilgarilashi to‘xtatilgan, shahar hamon «ukrainlar qo‘lida» qolmoqda.

Quyida urushning so‘nggi kunlarida Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.

Donbass shimoli

Ukrainaga Norvegiya tomonidan xalqaro texnik yordam doirasida taqdim etilgan M109A3 gaubitsasi.
Ukraina qurolli kuchlari matbuot xizmati / AFP / Scanpix / LETA
Donetsk oblastidagi Soledar shahridagi korxona ustida artilleriya zarbasidan hosil bo‘lgan tutun. Rossiya harbiylari shahar tomon yurish qilmoqda. Foto: Aris Messinis / AFP / Scanpix / LETA
Soledar — Donetsk oblastining Baxmut rayonidagi shahar. Bu shahar orqali Severodonetskda rossiyaliklarga qarshi jang qilayotgan ukrainlar guruhi ta’minotida foydalaniladigan yo‘l o‘tgan. Soledarning o‘zi ham doimiy ravishda o‘qqa tutilmoqda.
Aris Messinis / AFP / Scanpix / LETA
Slavyansk aholisini evakuatsiya qilish. Ukraina hukumati xabarlariga ko‘ra, shahar Rossiya tomonidan o‘qqa tutilmoqda.
Bernat Armangue / AP / Scanpix / LETA
Slavyansklik ayol bolasi bilan evakuatsiya avtobusida.
Aris Messinis / AFP / Scanpix / LETA
Slavyansk aholisi vakillari evakuatsiyaga tayyorlanmoqda. Foto: Bernat Armangue / AP / Scanpix / LETA
Ukrainalik harbiy xizmatchilar Donetskdan 22 kilometr masofadagi Krasnogorovka shahridagi front chizig‘ida.
Anna Kudriavseva / Reuters / Scanpix / LETA
Donetsk oblastidagi Marinka shahri rossiyalik harbiylar tomonidan o‘qqa tutilishi chog‘ida portlayotgan yonuvchan o‘q-dorilar.
Anna Kudriavseva / Reuters / Scanpix / LETA
Donetskning Kuybishev rayonida yonib ketgan tez yordam mashinasi. «DXR» rasmiylari hudud ukrain harbiylari tomonidan o‘qqa tutilganini aytmoqda. Foto: Vladimir Gerdo / TASS
Donetskdagi turar joy binosi. «DXR» rasmiylari bayonotiga ko‘ra, Ukraina armiyasi Donetsk markaziga zarba berishi oqibatida ikki maktab va usti yopilgan bozor jabrlangan. Foto: Valentin Sprinchak / TASS
Donetsk o‘qqa tutilishi vaqtida yaralangan erkakka yordam ko‘rsatayotgan tibbiy xodim
Vladimir Gerdo / TASS
Donetsk oblasti Konstantinovka shaharchasida «Tochka-U» operativ-taktik raketasining dum qismi. Shahar Ukraina nazoratida.
Celestino Arce Lavin / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
Donetskning Ukraina tomonidan artilleriya zarbalari berilgan hududida ketayotgan ayol
Alexei Alexandrov / AP / Scanpix / LETA
Lugansk oblasti Rubejnoye shahri ko‘chasida ketayotgan tinch aholi vakili. Shahar bir oy davom etgan janglardan keyin aprel oyi oxirida rossiyalik harbiylar tomonidan bosib olingandi. Foto: Aleksandr Reka / TASS
Donetsk oblastidagi yo‘lda barrikada. Bernat Armangue / AP / Scanpix / LETA
Rubejnoye shahri aholisi suv uchun navbatda. Shahar aprel oyi oxirida rossiyalik harbiylar tomonidan to‘liq egallangan
Aleksandr Reka / TASS

Kiyev

Kiyev yaqinidagi Andreyevkada devorga surat chizayotgan qizaloq
Sergei Chuzavkov / AFP / Scanpix / LETA
Kiyevdan g‘arbdagi Moshchun ko‘chasida ketayotgan tinch aholi vakili. Mart oyida posyolka front chizig‘ida joylashgandi.
Sergei Chuzavkov / AFP / Scanpix / LETA

Chernigov

Chernobil AES hududidagi o‘rmonda qazilgan okoplar va rossiyalik harbiylar lageri. Mart oyi oxirida rossiyalik harbiylar AES hududini tark etishgan, ammo ular og‘ir texnikalarda hudud bo‘ylab ko‘chib yurgani va okoplar qazishgani tufayli, rayonda radiatsiya darajasi ko‘tarilgan. MAGATE vakillariga ko‘ra, hozirda radiatsiya darajasi normaga qaytgan. Foto: Raul Moreno / SOPA Images / LightRocket / Getty Images
Chernobildagi «Ekosentr» korxonasida rossiyalik harbiylar tomonidan devorlarda qoldirilgan yozuvlar. RF qo‘shini Kiyev oblastining bu hududiga urushning ilk kunlaridayoq kirishgan va mart oyi oxiriga qadar shu yerda qolishgandi.
Raul Moreno / SOPA Images / LightRocket / Getty Images
Chernobildagi binolardan birining devoriga chizilgan Z harfi
Raul Moreno / SOPA Images / LightRocket / Getty Images

Mariupol

Rossiyalik sapyor Mariupolda iti bilan minalarni izlamoqda. Foto: Vladimir Gerdo / TASS
Mariupolni minalardan tozalash jarayoni. Vladimir Gerdo / TASS
Mariupoldagi bekatda o‘tirgan ayol. Shahar Rossiya nazoratida qolmoqda. Mariupol meri maslahatchisi Petro Andryushchenkoning ma’lumotiga ko‘ra, rossiyaliklar ostida tinch aholi jasadlari qolib ketgan ko‘p qavatli uylarni «snos» qilmoqda. Foto: AFP / Scanpix / LETA

Jyenshchina na razbitoy ostanovkye v Mariupolye. Gorod ostayetsya pod kontrolyem rossiyskoy storony. Kak <a href="https://t.me/andriyshTime/1276" rel="noopener noreferrer" target="_blank">utvyerjdayet</a> sovyetnik mera Mariupolya Pyetr Andryushchyenko, rossiyanye snosyat doma, pod zavalami kotoryx mogut naxoditsya tyela pogibshix

Mavzuga oid