O‘zbekistonning tog‘li hududlarida sel kelish xavfi e’lon qilindi
10-11 iyun kunlari respublika hududining ba’zi joylarida shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi kutilmoqda.
10−14 iyun kunlari O‘zbekistonning tog‘oldi va tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir, ayrim joylarda do‘l yog‘ishi sababli tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel kelish xavfi e’lon qilindi, deya xabar berdi “O‘zgidromet”.
Sel kelish xavfi mavjud hududlar ro‘yxati:
- Qashqadaryo viloyati: Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzor;
- Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Muzrabot;
- Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payyariq, Jomboy, Ishtixon;
- Navoiy viloyati: Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana;
- Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod;
- Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rta Chirchiq, Yuqori Chirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;
- Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on;
- Farg‘ona viloyati: So‘x, Farg‘ona, Beshariq;
Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlarida va Xonobod shahrida.
“O‘zgidromet” tog‘oldi va tog‘li hududlarida istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralariga amal qilishni so‘ragan.
Mavzuga oid
10:51 / 22.11.2024
23 noyabr kuni kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin
11:33 / 21.11.2024
22 noyabrda harorat 20 darajagacha ko‘tariladi
11:05 / 20.11.2024
21 noyabrda kechasi va ertalab biroz yomg‘ir yog‘ishi, tuman tushishi mumkin
10:50 / 19.11.2024