O‘zbekiston | 15:00 / 09.06.2022
16313
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonning tog‘li hududlarida sel kelish xavfi e’lon qilindi 

Foto: KUN.UZ

10-11 iyun kunlari respublika hududining ba’zi joylarida shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi kutilmoqda

10−14 iyun kunlari O‘zbekistonning tog‘oldi va tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir, ayrim joylarda do‘l yog‘ishi sababli tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel kelish xavfi e’lon qilindi, deya xabar berdi “O‘zgidromet”.

Sel kelish xavfi mavjud hududlar ro‘yxati:

  • Qashqadaryo viloyati: Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzor;
  • Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Muzrabot;
  • Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payyariq, Jomboy, Ishtixon;
  • Navoiy viloyati: Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana;
  • Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod;
  • Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rta Chirchiq, Yuqori Chirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;
  • Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on;
  • Farg‘ona viloyati: So‘x, Farg‘ona, Beshariq;

Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlarida va Xonobod shahrida.

“O‘zgidromet” tog‘oldi va tog‘li hududlarida istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralariga amal qilishni so‘ragan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров

Mavzuga oid