Iqtisodiyot | 07:48 / 11.06.2022
23314
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda har kuni 10 ming tonna un birja savdolariga qo‘yilmoqda

Har kuni 10 ming tonna un mahsuloti birja savdolariga qo‘yilmoqda. Bu haqda AOKAda Hisob palatasi, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, «O‘zdonmahsulot» AK, «Respublika tovar xomashyo birjasi» mutasaddilari ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

Bildirilishicha, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi mahalliy unning vaqtinchalik tartib asosida sotilishini doimiy monitoring qilmoqda. 

Foto: AOKA

Xususan, 60 dan ziyod holatda xato-kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgan — mahalliy unni aholiga vaqtida yoki umuman yetkazib bermaslik, imtiyozli narxlarda xarid qilib, narxlarni keskin oshirib sotish kabi holatlar aniqlangan. Qo‘mita tomonidan ko‘rilgan choralar natijasida 60 dan ziyod korxona dislokatsiyadan, ya’ni bozordan chiqarilgan.

Ochiq birja savdolariga chiqariladigan un mahsulotlari 22 ming tonnaga ko‘payib, 192 ming tonnaga yetdi. Har kuni 10 ming tonna un mahsuloti birja savdolariga qo‘yilmoqda.

1-10 iyun holatiga ko‘ra, o‘rtacha narx mahsulotning 1 tonnasi uchun 4 million 585 ming so‘mni tashkil etdi. Boshlang‘ich narxga nisbatan o‘sish 8 foiz atrofida qayd etildi. Ishtirokchilar soni 2822 nafardan 3742 nafarga ko‘paygan.

Mavzuga oid