O‘zbekiston | 17:25 / 11.06.2022
11413
1 daqiqa o‘qiladi

SkyTaxi yuk aviakompaniyasi Toshkentga parvozlarni boshladi

SkyTaxi yuk tashuvchi aviakompaniya Toshkentga parvozlarni yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar bermoqda.

Foto: Uzbekistan Airports

11 iyun kuni mahalliy vaqt bilan soat 14:50 da SkyTaxi yuk tashuvchi aviakompaniyasiga tegishli samolyot Toshkent xalqaro aeroportiga qo‘ndi. Samolyotning birinchi kelishi an’anaviy tarzda suv arkasi bilan kutib olindi.

Polshaning Vrotslav aeroportida joylashgan kompaniya ikkita Boeing 767-200 yuk samolyotidan iborat parkka ega va Yevropa, Osiyo va Yaqin Sharq mamlakatlariga charter va rejali yuk reyslarini amalga oshiradi.

SkyTaxi charter asosida haftasiga olti marta reyslarni amalga oshiradi. Yuk tashuvchi samolyotlar Xitoydan O‘zbekiston orqali Yevropaga va ortga uchadi. 

«Toshkent» aeroporti aviakompaniya samolyotlarining texnik qo‘nishi, yonilg‘i quyish va ekipajni almashtirish uchun transfer punktiga aylanadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid