Jamiyat | 19:58 / 14.06.2022
12294
2 daqiqa o‘qiladi

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJda transformatsiya ishlari davom etmoqda

Foto: Hududiy elektr tarmoqlari

Bugun, 14 iyunda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJda konsalting va auditorlik xizmatlari bo‘yicha dunyodagi to‘rtta yetakchilardan biri hisoblangan Pricewaterhouse Coopers (PwC) kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muzokara davomida PwC vakillari Jamiyat rahbariyatiga xalqaro kredit reytingini olish va yevroobligatsiyalar chiqarish uchun konsalting xizmatlarini taklif etdilar. 

Shu o‘rinda qayd etish joizki, “Hududiy elektr tarmoqlari” va PwC kompaniyasi o‘rtasida bundan avval ham hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan bo‘lib, xususan, 2021 yilda PricewaterhouseCoopers tomonidan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning 2019-2020 yillar uchun tayyorlangan xalqaro standartlar asosidagi moliyaviy hisobotlari (IFRS) xalqaro auditorlik standartlariga muvofiq (IAS) audit tekshiruvidan o‘tkazilib, ijobiy bahosi olingan edi. Darhaqiqat, bu Jamiyatning kelgusida xalqaro kredit reytinglarini olish yo‘lida qo‘yilgan ilk dadil qadamlardan biri bo‘ldi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.

Uchrashuvda Jamiyatning umumiy faoliyati, amaliyotga transformatsiya jarayonlarini izchil tatbiq etish borasida olib borilayotgan sa’y-harakatlar haqida atroflicha to‘xtalib o‘tildi.

Ta’kidlanganidek, hozirgi kunda jahon bo‘ylab, shu jumladan, mamlakatimiz iqtisodiyotida ham yevroobligatsiyalarning tobora rivojlanib borayotganligini ko‘rish mumkin. Shu munosabat bilan PwC vakillariga Jamiyat oldiga qo‘yilgan vazifalar asosida, ya’ni xalqaro kredit reytingini olish va yevroobligatsiyalar chiqarish borasida konstruktiv takliflar berildi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati Ⓣ

Mavzuga oid