Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nikaragua qo‘shma mashg‘ulotlar uchun yuzlab rus askarlarini qabul qiladi
Rossiyaning 230 nafar askari 2022 yil oxirigacha Nikaraguaga kelib, ushbu mamlakat armiyasi bilan qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazishi mumkin bo‘ladi. Bunga Nikaragua parlamenti ruxsat berdi.
14 iyun, seshanba kuni Nikaragua parlamenti Rossiya qo‘shinlariga Markaziy Amerikaning ushbu davlatida mashg‘ulotlar o‘tkazishga ruxsat beruvchi prezident farmonini ma’qulladi. Farmon shartlariga ko‘ra, 2022 yil oxirigacha Nikaraguaga 230 nafar rossiyalik harbiylar mamlakat armiyasi bilan birgalikda Tinch okeani suvlarida patrullik qilishlari mumkin bo‘ladi.
Vashington bu qarordan xavotir bildirdi. AQSh davlat kotibining G‘arbiy yarimshar bo‘yicha yordamchisi Brayan Nikolsning aytishicha, uning idorasi voqeani «Nikaragua rejimining provokatsiyasi» sifatida ko‘rmoqda.
Nikaragua prezidenti Daniel Ortega may oyida Rossiyaning «2014 yilgi davlat to‘ntarishidan keyin Ukrainada hukmronlik qilayotgan va o‘ldirayotgan natsistlar»ga qarshi urushini qo‘llab-quvvatladi. 12 iyun kuni sanoqli xorijiy yetakchilardan biri bo‘lgan Ortega Putinga Rossiya kuni munosabati bilan tabrik yo‘llab, Rossiya xalqi va hukumati bilan «qardoshlik, hamjihatlik va hamkorlikning tarixiy rishtalarini mustahkamlashda davom etish»ga va’da berdi.
Prezident Orteganing farmoni bilan Nikaragua va boshqa davlatlar o‘rtasida 2012 yildan beri amalda bo‘lgan harbiy hamkorlik qoidalari amalda yana ikki yilga uzaytirildi. Ushbu qoidalarga ko‘ra, nafaqat Rossiya, balki AQSh, shuningdek, Lotin Amerikasining yana yetti davlati ham qo‘shma mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun mamlakatga qo‘shin va harbiy texnika, jumladan, kema va samolyotlarni yuborishi mumkin.
Nikaragua prezidenti farmonni parlamentga taqdim qilar ekan, uning maqsadlarini sanab o‘tdi: «tajriba almashish, harbiy kadrlar tayyorlash va gumanitar operatsiyalar». Farmonda dengiz orqali narkotik moddalar kontrabandasi va uyushgan jinoyatchilikka qarshi boshqa davlatlar bilan birgalikda kurashish imkoniyati ham nazarda tutilgan.
Mavzuga oid
22:32 / 17.06.2026
Tramp Rossiya va Xitoyni «butun dunyoni portlatib yubormaslik» uchun yadroviy kelishuvga chaqirdi
17:21 / 17.06.2026
Saida Mirziyoyeva Mixail Mishustin bilan iqtisodiy hamkorlikni muhokama qildi
15:51 / 17.06.2026
Rossiya ichkarisiga dron hujumlari bilan Ukraina nimaga erishyapti?
09:20 / 17.06.2026