Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NATO Madriddagi sammitda Ukrainaga yangi yordam paketini tasdiqlaydi
Yangi yordam paketi Ukrainaning zamonaviy qurollarga o‘tishini osonlashtiradi, deb hisoblaydi NATO bosh kotibi Stoltenberg. Bryusselda bo‘lib o‘tgan «Ramshtayn aloqa guruhi» yig‘ilishida Kiyevga qanday yordam kerakligi ham muhokama qilindi.
NATO va qator G‘arb davlatlari mudofaa vazirlari Bryusseldagi yig‘ilishda Ukrainaga yangi harbiy yordam ko‘rsatilishini e’lon qildi. Bu haqda 15 iyun, chorshanba kuni DW muxbiri xabar berdi. Shu kuni NATO shtab-kvartirasida alyans mamlakatlari harbiy idoralari rahbarlarining ukrainalik hamkasbi Aleksey Reznikov bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bundan tashqari, Ukraina mudofaasi bo‘yicha «Ramshtayn formati» deb ataladigan aloqa guruhining uchinchi yig‘ilishi o‘tkazildi.
«Bugun yangi xabarlar e’lon qilindi. Vazirlar yig‘ilishida ham, Ukrainani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha aloqa guruhi yig‘ilishida ham», - dedi NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg. «Biz Ukraina va barcha hamkorlar bilan imkon qadar ko‘proq va tezroq yordam taqdim etish uchun yaqindan ishlayapmiz, chunki qo‘llab-quvvatlashni zudlik bilan kuchaytirish zarurati bor», - dedi u. Qo‘shimcha qilinishicha, Reznikov uchrashuvlarda Ukrainaning qurolga bo‘lgan asosiy ehtiyojlarini aynan nimadan iborat ekanini aytib o‘tgan.
Stoltenberg, shuningdek, 28-30 iyun kunlari Madridda bo‘lib o‘tadigan sammitda NATO yetakchilari Ukrainaga yangi yordam paketini tasdiqlaydi, deb hisoblaydi. «Men NATO sammitida unga a’zo davlatlar Ukrainaga uzoq muddatli istiqbolda sovet davridagi qurollardan zamonaviy NATO qurollariga o‘tishida yordam berish uchun keng ko‘lamli qo‘llab-quvvatlash paketi bo‘yicha kelishib olishini kutaman», - dedi bosh kotib.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu paket NATO davlatlari Ukrainaga yetkazib berayotgan qurollarga asoslanadi. Ammo o‘tish davri ko‘proq bilim va tajriba almashishni talab qiladi, deb eslatdi Stoltenberg. Bunga yangi paketda e’tibor qaratiladi.
Shimoliy Atlantika alyansi rahbari, shuningdek, Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Madrid sammitida ishtirok etish taklifi olganini aytdi. Biroq hozircha u shaxsan ishtirok etadimi yoki video-aloqa orqali muhokamada ishtirok etadimi, aniq emas, dedi u.
Mavzuga oid
16:47 / 10.06.2026
Ukraina «Flamingo» raketalari bilan Cheboksarga zarba berdi
10:00 / 10.06.2026
Germaniya Ukraina uchun yana 300 million yevro ajratadi
10:25 / 09.06.2026
Kiyev va Vashington Ukrainadagi urushni tugatish masalasini muhokama qildi
08:45 / 09.06.2026