O‘zbekiston | 13:39 / 16.06.2022
5972
1 daqiqa o‘qiladi

“Talabalar tibbiy sug‘urtasi masalasini o‘ylamagan ekanmiz” – oliy ta’lim vaziri

Bugun, 16 iyun kuni oliy ta’lim muassasalariga qabul mavzusiga bag‘ishlangan matbuot anjumanida talabalarni ijtimoiy himoyalash va sug‘urta masalasi ko‘tarildi.

Tadbir ishtirokchilaridan biri oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulovga OTMlarida talabalarni tibbiy himoya qilish va ularni sug‘urtalash qay darajada yo‘lga qo‘yilgani haqidagi savol bilan murojaat qildi.

Vazirning javob berishicha, talabani sug‘urtalash masalasi shu paytgacha ko‘tarilmagan mavzu.

“Vazir bo‘lganimga 1,5 yil bo‘ldi, juda ko‘p masalalarni o‘ylabmiz-u, talabalarning tibbiy sug‘urtasi va barcha oliy ta’lim muassasalarida shunday ishlar qilinganmi, shuni taftish qilmagan ekanman. Men buni kun tartibimga qo‘yaman, keyingi matbuot anjumanlarida ma’lum qilamiz. U xizmatni yo‘lga qo‘yamiz”, – dedi vazir.

Toshqulov sug‘urta pulini talaba to‘layotgan kontraktdan qoplash masalasi ham iqtisodiy tomonlarini baholab, ko‘rib chiqilishini bildirdi. 

Mavzuga oid