SSV: O‘zbekistonda tibbiyot sohasini transformatsiya qilishda turkiyalik mutaxassislar yaqindan ko‘mak beradi

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi
Bugungi kunda O‘zbekiston tibbiyotida keng ko‘lamli transformatsiya jarayonlari davom etmoqda. Prezident bu borada sog‘liqni saqlash tizimi mutasaddilari oldiga tegishli vazifalarni qo‘ygan.
Xususan, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini jahon standartlari darajasiga olib chiqish — eng asosiy talablardan biri. Buning uchun esa, birinchi navbatda, xalqaro tajribani chuqur o‘rganish va amaliyotga samarali tatbiq etish talab etiladi.
Ana shu ehtiyojdan kelib chiqib, Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga ko‘ra, Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan turkiyalik mutaxassislar guruhi jalb etildi.
Hozir xorijlik ekspertlar yurtimiz vakillari bilan hamkorlikda barcha bo‘g‘indagi tibbiyot muassasalarida o‘rganishlar olib bormoqda. Shu maqsadda tuzilgan ishchi guruhlar tasdiqlangan reja asosida hududlarda bo‘lyapti.
Turkiyalik mutaxassislar yettita yo‘nalish — birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini takomillashtirish, tibbiy sug‘urta tizimini joriy etish va tizimni raqamlashtirish, shifoxonalarda tibbiy xizmatlar samaradorligini oshirish, tibbiy xizmatlarni rejalashtirish, farmatsevtikani rivojlantirish va dori vositalari ta’minoti, tibbiy asbob-uskunalar samaradorligini oshirish, shoshilinch va tez tibbiy yordamni rivojlantirish bo‘yicha ish olib bormoqda.
Turkiyadan taklif etilgan mutaxassislar soni ham yetti nafar. Ular yuqoridagi yettita yo‘nalish bo‘yicha katta xalqaro tajriba va malakaga ega ekspertlar. Har biri tegishli yo‘nalish bo‘yicha mas’ul etib belgilangan.
Jumladan, guruh rahbari — Hasan Chagil 1986 yilda Istanbul universitetini tamomlagan. 2003–2013 yillarda Turkiya tibbiyotini transformatsiya qilishda bevosita ishtirok etib, asosiy yo‘nalishlarga boshchilik qilgan. Natijada qisqa muddatda mamlakat tibbiyoti 2000-yillar boshidagi ahvoli og‘ir sohadan rivojlangan tizimga aylandi.
Qolaversa, ushbu mutaxassis xalqaro darajadagi ekspertlik faoliyatini 2016 yildan mustahkamlagan. Osiyo va Yevropaning bir qator sog‘liqni saqlash vazirliklarida tibbiyotning qator yo‘nalishlari bo‘yicha maslahatchilik faoliyatini davom ettirgan.
Ayni paytda doktor Hasan Chagil O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimini transformatsiya qilishga ko‘maklashish maqsadida tibbiy sug‘urta tizimini joriy etish yo‘nalishi bo‘yicha ish olib boryapti.
Shu bilan birga, turkiyalik ekspertlar safida tibbiyot sohasida katta ilmiy salohiyat hamda amaliy tajribaga ega Mehmet Ugurlu, Talgan Kyuchyuk, Muhammet Yornek, Mehmet Ersoy, Hasan Bagdji va Mexmut Avdji ham bor.
Hozir ular joylarda bo‘lib, sog‘liqni saqlash muassasalari faoliyatini chuqur o‘rgangan holda, uni yanada rivojlantirish borasida o‘z tavsiyalarini beryapti.
«Kelgusida ana shu tahlil, taklif va tavsiyalar umumlashtirilib, sog‘liqni saqlash tizimining bosqichma-bosqich islohotiga oid qisqa, o‘rta va uzoq muddatli “Yo‘l xaritalari” ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi rejalashtirilgan», deyiladi SSV matbuot xizmati xabarida.
Tavsiya etamiz
Zelenskiydan mamnun, Rossiya zarbalaridan hafsalasi pir bo‘lgan. Trampning oxirgi bayonotlaridan asosiy gaplar
Jahon | 16:21 / 28.04.2025
Turkiyalik erkak operatsiyadan keyin ona tilini unutib, boshqa tilda gapirishni boshladi
Jahon | 19:42 / 27.04.2025
Havo isib ketishi va qurg‘oqchilikka tayyor turishimiz kerak – Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 15:55 / 26.04.2025
Muddat qo‘yuvchi Tramp: buning oxiri bormi?
Jahon | 22:09 / 24.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Mahsulotlarning yagona elektron milliy katalogini yuritish tartibi belgilandi
O‘zbekiston | 16:24
-
Hindiston Kashmirda sayyohlarni otib tashlagan terrorchilarning uylarini buzib tashladi
Jahon | 16:21
-
«Arsenal» va «PSJ» yana finalga chiqmoqchi. YeChL yarimfinalidagi intrigalar
Sport | 16:20
-
Rossiya O‘zbekistonda fuqarolik dronlarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 16:15
Mavzuga oid

20:52 / 15.03.2025
Germaniyada tibbiyot xodimi smenani «tinch o‘tkazish» uchun 9 kishini o‘ldirganlikda ayblandi

22:11 / 11.03.2025
Diyego Maradonani davolagan shifokorlar sudlanadi

19:11 / 07.03.2025
Bemorning COVID oqibatida yo‘qolgan hid va ta’m bilish qobiliyatini tiklash usuli topildi

18:18 / 28.02.2025