Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukrainadagi urush: Tomonlarning bayonotlari, dunyo munosabati, yordam va sanksiyalar
Rossiya armiyasining Ukrainaga bostirib kirishi bilan bog‘liq voqea-hodisalarga oid kechagi kun rasmiy xabarlari va yangiliklarning qisqacha sharhi bilan tanishing.
Ukraina tomonining bayonotlari
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy o‘zining odatiy tungi murojaatida Ukrainaga ko‘proq og‘ir qurol-yarog‘lar kerakligiga urg‘u bergan.
«Barcha xalqaro so‘zlashuvlarda bizning himoyachilarimiz harakatlaridan hayratlanish eshitmoqdaman. Dunyo chindan ham ukrainaliklardan qanday urushish va qanday g‘alaba qozonishni o‘rganishni istaydi. Urushning 112 kunida rus armiyasining askarlar va texnikalardagi ustunligiga qaramasdan, Ukraina armiyasi jang maydonidagi jasurlik va oqillik, dushman ustidan taktik g‘alaba qozonish muhim natijalarga olib kelishini isbotladi», — degan Zelenskiy.
Volodimir Zelenskiy Germaniyada o‘tadigan G7 sammiti va NATOning Madridda o‘tadigan sammitida qatnashish uchun taklifnoma olgan.
«Hamkorlarimiz: federal kansler Olaf Sholsning Germaniyada o‘tadigan G7 sammiti, NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberning Madridda o‘tadigan NATO sammiti —muhim xalqaro tadbirlarda ishtirok etish taklifini mamnuniyat bilan qabul qildim», — deb yozgan Zelenskiy o‘z Twitter’ida.
Ukraina qurolli kuchlari general-mayori Dmitriy Marchenko Kerch ko‘prigini yo‘q qilish juda muhimligi, chunki shundan so‘ng rossiyaliklar Qrimga zaxiralarni olib kira olmasligini tushuntirgan. Ukraina zarur qurol-yarog‘larni olgach, Kerch ko‘prigi Ukraina QK uchun birinchi raqamli nishonga aylanadi, degan u.
«Biz zaxiralar yetkazib beruvchi asosiy ichakni kesib tashlashimiz kerak. Shu ichak kesilgach, ularda vahima boshlanadi. Ishoning, Simferopol va Qrimda Rossiya bayrog‘ini ko‘tarib chopganlar tezda Ukraina bayrog‘ini topib, uni hilpirata boshlashadi», — degan u.
Ukraina qurolli kuchlari birlashgan operatsiyasi o‘tgan sutka ichida erishilgan natijalar haqida quyidagicha ma’lumot bermoqda (eslatib o‘tamiz, urush davrida e’lon qilingan ma’lumotlarni mustaqil manbalar orqali tekshirishning imkoni yo‘q):
- Shaxsiy tarkib 34 nafar, 1 ta BMP, 1 ta BTR, 3 ta artilleriya tizimi, 2 ta birvarakayiga o‘t ochish reaktiv tizimi, 2 ta o‘q-dori ombori yo‘q qilingan.
- Havo hujumidan mudofaa bo‘linmalari Donbass osmonida 3 ta «Orlan-10» tipidagi pilotsiz uchar qurilmani urib tushirgan.
Rossiya tomonining bayonotlari
Rossiya Mudofaa vazirligining maxsus vakili Igor Konashenkovning brifingida e’lon qilingan ma’lumotlar (eslatib o‘tamiz, urush davrida e’lon qilingan ma’lumotlarni mustaqil manbalar orqali tekshirishning imkoni yo‘q):
- Yuqori aniqlikdagi raketalar bilan tirik kuch va texnikalarning 11 ta nuqtasi, 8 ta artilleriya o‘t ochish nuqtasi, 3 ta birvarakayiga o‘t ochish reaktiv tizimi yo‘q qilingan.
- Tezkor-taktik aviatsiya tomonidan Ukraina QK tirik kuch va texnikalarning 101 ta nuqtasi, 3 ta boshqaruv punkti, 350 dan ortiq askari, 13 ta tank, 6 ta «Grad» birvarakayiga o‘t ochish reaktiv tizimi, 14 ta dala artilleriyasi uskunalari, 22 ta maxsus avtomobil yo‘q qilingan.
- Rossiya havo hujumidan mudofaa tizimi Ukrainaning MiG-29 samolyoti, Mi-24 vertolyoti, 9 ta pilotsiz uchar qurilmasi, 1 ta ballistik raketasi, «Smerch» birvarakayiga o‘t ochish reaktiv tizimining 14 ta snaryadi urib tushirilgan.
- Raketa qo‘shinlari va artilleriya tomonidan Ukraina QKning 18 ta boshqaruv punkti, tirik kuchlar va harbiy texnikasi jamlangan 280 ta nuqtasi, artilleriya bo‘linmalarining 59 ta o‘t ochish pozitsiyalariga zarba berilgan. Zarbalar natijasida yonilg‘i ombori yo‘q qilingan.
- Maxsus operatsiya boshlanganidan buyon Ukraina harbiy texnikalaridagi yo‘qotishlar: 202 ta samolyot, 131 ta vertolyot, 1205 ta pilotsiz uchar qurilma, 338 ta zenit raketa majmualari, 3548 ta tank va boshqa jangovar zirhli mashinalar, 521 ta birvarakayiga o‘t ochish reaktiv tizimi qurilmalari, 1947 ta dala artilleriyasi va minomyot qurollari, shuningdek, 3605 birlikda maxsus harbiy avtomobil texnikasi.
Ukrainaga ko‘mak
AQSh prezidenti Jo Bayden Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyga qo‘ng‘iroq qilib, Amerika yana 1 mlrd dollarlik harbiy yordam ajratishini aytgan. AQSh Ukrainaga 1 mlrd dollarlik harbiy yordam paketidan tashqari, 225 mln dollarlik gumanitar yordam ham ko‘rsatadi, degan Bayden.
Harbiy yordam Ukrainaga avgust oyidan boshlab yetkaziladi, degan «Ramshtayn-3» brifingida AQSh mudofaa vaziri Lloyd Ostin va u quyidagilardan iborat bo‘ladi:
- 18 ta 155 mmyuli gaubitsalar;
- 36 mingta 155 mm.li snaryadlar;
- Gaubitsalarni tashish uchun 18 ta taktik avtomobillar;
- HIMARS uchun qo‘shimcha snaryadlar;
- Texnikalarni ta’mirlovchi 4 ta avtomobil;
- Harpoon raketalariga ega 2 ta sohil mudofaasi tizimi;
- Minglab himoyalangan radiostansiyalar va jumladan, tunda ko‘rish imkonini beruvchi optik tizimlar.
Bundan tashqari, Germaniya Ukrainaga uchta birvarakayiga o‘t ochish reaktiv tizimini yetkazadi, degan Ostin.
Ukraina AQShda ishlab chiqarilgan birvarakayiga o‘t ochish reaktiv tizimlarini iyun oyi oxirigacha oladi, degan NATOning Bryusseldagi bosh qarorgohida AQSh shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi boshlig‘i general Mark Milli.
«Oy oxirigacha biz HIMARS tizimlari, o‘q-dorilar va Ukraina mudofaasida operatsion qo‘llash uchun tayyorlangan ekipajlarni yetkazamiz», — degan general.
Milli, shuningdek, bugungi kunga kelib AQSh 420 nafar ukrainni M777 gaubitsalaridan foydalanishga o‘rgatgani, 300 kishini M109 o‘zi yurar gaubitsalarni ishlatishga o‘rgatgani, 129 kishini M113 BTRlarini boshqarishga, yana 100 kishi pilotsiz uchar qurilmalar, 60 kishini esa HIMARS’dan foydalanishga o‘rgatganini ta’kidladi.
Kanada 9 mln kanada dollari miqdorida Ukrainaga yangi harbiy ko‘mak ko‘rsatilishini e’lon qildi, deb yozadi The Guardian.
Ko‘mak doirasida Kanada Ukrainaga g‘arb hamkorlari tomonidan avvalroq yetkazib berilgan M777 gaubitsalarining 10 ta almashtiriluvchi stvollarini beradi, degan Kanada mudofaa vaziri Anita Anand.
Financial Times nashri Oryx razvedka xizmati ma’lumotlariga asoslanib, Ukrainaga va’da qilingan va yetkazib berilgan qurol-yarog‘larning jadvalini e’lon qildi.
Gretsiya ham Ukrainaga 30 birlikgacha piyodalar jangovar mashinalari yetkazib berishi mumkin.
Sanksiyalar, oqibatlar va ularga qarshi choralar
Germaniya 4,48 mlrd yevrolik Rossiya aktivlarini muzlatdi, deb xabar bermoqda Deutsche Welle GFR moliya vaziri Kristian Linderga tayanib. Vazirga ko‘ra, bu summa ichiga RF Markaziy bankining mablag‘lari va turli kompaniyalarning ulushlari kiradi.
Xalqaro hamjamiyatning munosabati
Ukrainada urush boshlanganidan buyon 4400 dan ortiq tinch aholi vakillari o‘ldirilgan. Bu haqdagi ma’lumot chorshanba kuni BMT rasmiy saytida e’lon qilingan. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, 4452 nafar tinch aholi vakillari o‘ldirilgan, 5531 nafari yaralangan.
Mavzuga oid
18:53 / 10.06.2026
Qozog‘iston Rossiya gazining O‘zbekistonga tranzitini oshirishga tayyorligini ma’lum qildi
16:47 / 10.06.2026
Ukraina «Flamingo» raketalari bilan Cheboksarga zarba berdi
10:00 / 10.06.2026
Germaniya Ukraina uchun yana 300 million yevro ajratadi
10:25 / 09.06.2026