O‘zbekiston | 19:02 / 19.06.2022
15463
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent shahar hokimligi kuchli shamol bo‘lib, yomg‘ir yog‘ishidan ogohlantirdi

Toshkent shahrida 19 iyun kuni kuchli shamol bo‘lishi va yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.

Toshkent shahrida 19 iyun kuni kuchli shamol bo‘lishi va yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Shu munosabat bilan shahar hokimligi fuqarolarga murojaat bilan chiqdi.

Hokimlik aholidan ehtiyotkorlik choralariga rioya qilishni, daraxtlar va temirli qurilmalar tagiga avtomashinalarni qo‘ymaslikni so‘ragan.

«Noqulay ob-havo sharoiti – kuchli shamol, yog‘ingarchiliklar bilan bog‘liq har qanday favqulodda vaziyatlarda Toshkent shahar hokimligining tegishli xizmatlari bilan (71) 212-69-80, (71) 212-69-82, 1050 va 1055 raqamlariga murojaat qilib bog‘lanishingiz mumkin», — deyiladi xabarda.

Mavzuga oid