Afg‘onistonda kuchli zilzila: 300 ga yaqin kishi halok bo‘lgan
Afg‘oniston janubi*sharqida halokatli yer silkinishi ro‘y berdi. Mahalliy manbalar ma’lumotiga ko‘ra, qurbonlar soni 280 nafarni tashkil etmoqda, yana 600 nafardan ortiq kishi jarohatlangan.
21 iyun kuni Afg‘oniston janubi va sharqidagi chekka hududlar, Paktika va Xo‘st viloyatlari hududida kuchli zilzila ro‘y berdi. Amerikalik seysmologlar ma’lumotiga ko‘ra, 51 km chuqurlikda 6,1 magnitudali yer silkinishi erta tongda, hali ko‘pchilik odamlar uyquda ekanida sodir bo‘lgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda vayron bo‘lgan uylar, ko‘chalardagi siniqlar va zambilga yuklangan yaradorlar aks etgan videolar tarqalgan.
Paktika viloyati rasmiysi qurbonlar soni ortishi mumkinligini aytgan. Bakhtar News Agency ma’lumotiga ko‘ra, jarohatlanganlar soni 600dan oshiqni tashkil etmoqda.
Zilzila epimarkazi Afg‘oniston janubi-sharqidagi Xo‘st shahri markazidan taxminan 44 kilometr masofada joylashgan.
Yer silkinishi mamlakat chegarasidan 500 kilometrdan oshiq masofada, jumladan Pokiston va Hindistonda ham sezilgan. Amerika seysmologlari ma’lumotiga ko‘ra, zilzila kuchini Afg‘oniston poytaxti Kobul va Pokiston poytaxti Islomobodda ham sezishgan.
«Afsuski, o‘tgan tunda Paktika viloyatining to‘rt tumanida kuchli zilzila ro‘y berdi. Yuzlab fuqarolarimiz halok bo‘lishdi yoki yaralanishdi, o‘nlab uylar vayron bo‘lgan. Biz barcha idoralarni zudlik bilan mazkur hududlarga yordam jo‘natishga chaqiramiz», degan mahalliy rasmiylardan biri Bilol Karimiy tvitter sahifasida.
Afg‘onistonda, ayniqsa uylar zarur qoidalarga rioya etib qurilmagan qishloq hududlarida zilzilalar juda talafotli bo‘ladi.
Afg‘oniston seysmik faol mintaqada joylashgan.
BMTning gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish bo‘yicha boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, so‘nggi 10 yilda mamlakatda zilzilalar tufayli 7 mingdan ortiq kishi halok bo‘lgan. Har yili o‘rtacha 560 kishi zilzila qurboni bo‘ladi.
Mavzuga oid
13:51 / 23.11.2024
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi O‘zbekistonda sezildi
13:30 / 20.11.2024
O‘zbekiston va AQSh afg‘on masalasi bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi
21:47 / 17.11.2024
Yaponiya qirg‘oqlarida 6,2 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi
17:22 / 17.11.2024