O‘zbekiston | 14:44 / 24.06.2022
18192
1 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekistonda havo harorati keskin ko‘tarilishi kutilmoqda
Joriy yilning 25-29 iyun kunlari O‘zbekiston hududiga Turkmaniston orqali Eron hududlaridan issiq havo kirib kelishi sababli havo harorati keskin ko‘tariladi.
“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, havo harorati:
- 25-28 iyunda Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida 42-44 daraja issiqqacha;
- 25-29 iyunda Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida 43-45 daraja issiqqacha;
- 26-29 iyunda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida 40-42 daraja issiqqacha ko‘tariladi.
Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi kutilmoqda.