O‘zbekistonda anomal issiq sabab poyezdlar tezligiga cheklov o‘rnatildi
O‘zbekistonda anomal issiq ob-havo hukm surayotgani sababli «O‘ztemir yo‘lyo‘lovchi» rahbariyati poyezdlar tezligiga cheklov kiritdi. Bu haqda «O‘zbekiston temir yo‘llari» matbuot xizmati xabar qildi.
Gidrometeorologiya xizmati markazi 25–29 iyun kunlari O‘zbekiston hududiga Turkmaniston orqali Eron hududlaridan issiq havo kirib kelishini ma’lum qilgandi.
Bunday issiq havo paytida po‘lat izlardagi harorat yanada yuqori bo‘ladi. Shu bois harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida anomal issiqlik tufayli poyezdlar tezligiga cheklov belgilangan. Shu sababli poyezdlar belgilangan manzillarga kechikib borish holatlari kuzatiladi.
Bundan tashqari, havo haroratining keskin ko‘tarilishi tufayli poyezd harakat jadvalida o‘zgarish kuzatilmoqda. Xususan, 26 iyun kuni:
- Toshkent–Buxoro yo‘nalishida harakatlanadigan 10-sonli Sharq poyezdi;
- Toshkent–Samarqand yo‘nalishida harakatini amalga oshirayotgan 768F-sonli;
- Buxoro–Toshkent yo‘nalishida harakatlanadigan 769 hamda 769-sonli «Afrosiyob» zamonaviy poyezdlari;
- Xiva–Andijon yo‘nalishida harakatlanadigan 656-sonli, Xiva–Buxoro yo‘nalishida harakatlanadigan 50-sonli hamda Toshkent–Qo‘ng‘iroq yo‘nalishida harakatlanadigan 54-sonli yo‘lovchi poyezdlari manziliga harakat jadvalidan kechikib borishi kuzatilmoqda.
«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ rahbariyati bunday noqulaylik uchun yo‘lovchilardan uzr so‘raydi», deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
22:20 / 02.12.2024
«Toshkent - Xojikent» yo‘nalishida yangi tezyurar elektropoyezd qo‘yiladi
18:34 / 07.10.2024
«Afrosiyob» tezyurar poyezdlari qatnovi jadvali o‘zgartirildi
20:08 / 25.09.2024
Toshkent – Moskva yo‘nalishida yo‘lovchi poyezdlar qatnovi qayta tiklandi
21:10 / 20.09.2024