MTRK raisi o‘rinbosari Farhod Mahmudov vafot etdi
Farhod Mahmudov 49 yoshda edi.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi birinchi o‘rinbosari Farhod Mahmudov vafot etdi. Bu ma’lumotni Kun.uz’ning sog‘liqni saqlash sohasidagi manbasi tasdiqladi. Manba ma’lumotiga ko‘ra, u yaqinda og‘ir xastalikdan davolanib chiqqan, uning o‘limiga eski kasalligi sabab bo‘lgan.
Farhod Mahmudov 1973 yil Toshkent viloyati Chinoz tumanida tug‘ilgan. U 1996 yil Toshkent davlat universitetini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi jurnalist.
Farhod Mahmudov 1995 yildan buyon O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tizimida turli lavozimlarda faoliyat ko‘rsatgan.
«O‘zbekiston 24» tashkil etilgach, unga rahbarlik qilib kelgan Farhod Mahmudov 2018 yilning sentabrida Ommaviy axborot vositalari, ma’naviyat va ma’rifat, madaniyat, san’at va ijodiy tashkilotlarni rivojlantirish masalalari xizmati bo‘yicha Prezident maslahatchisiga o‘rinbosar etib tayinlangandi. 2019 yil sentabrida Prezident administratsiyasi rahbariga o‘rinbosar etib tayinlanadi.
U 2020 yil yozida MTRKga qaytgan va raisning birinchi o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgandi.
Farhod Mahmudov 2008 yil «Mehnat shuhrati» ordeni, 2018 yilda «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist» faxriy unvoni bilan taqdirlangan.
Mavzuga oid
17:59 / 01.07.2020
Prezident administratsiyasi rahbariga OAV bo‘yicha yangi o‘rinbosar tayinlandi
14:02 / 01.07.2020
MTRK rahbariyatida o‘zgarishlar kutilmoqda
17:20 / 26.09.2019
Prezident administratsiyasi rahbariga yangi o‘rinbosar tayinlandi
15:43 / 13.04.2019