Dilnoza Ziyamuhamedova prezidenti administratsiyasi Ijro etuvçi apparati ommaviy axborot vositalari, televideniye va matbuotni rivojlantiriş şö'basi mudiri ham hisoblanadi.

U muqaddam Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining Ommaviy kommunikatsiyalar masalalari böyiça markazi boşliği lavozimida ham işlagan.
Bundan taşqari, Ğulomjon Xursandoviç Samadov tadbirlar yoritilişini tayyorlaş şö'basi mudiri lavozimiga tayinlangan. Bu lavozimda 2018 yildan buyon Tölqinjon Pölatov işlab kelayotgandi. Ğulomjon Samadov şu paytga qadar Xalqaro press-klub boş prodyuseri sifatida faoliyat olib borayotgandi.

Foto: Xalqaro press-klub
Şuningdek, Nosirjon Jamoliddinoviç Jörayev tahliliy materiallarni tayyorlaş va Administratsiya bölinmalari faoliyatini muvofiqlaştiriş şö'basi yetakçi konsultanti lavozimiga tayinlangan va şu munosabat bilan Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijro etuvçi apparati ommaviy axborot vositalari, televideniye va matbuotni rivojlantiriş şö'basi mudiri lavozimidan ozod etilgan.
Bundan avvalroq, 2019 yil sentyabridan buyon prezident administratsiyasi rahbari örinbosari sifatida işlab kelgan Farhod Mahmudov MTRK raisiga örinbosar bölgani xabar qilingandi.







