Rossiyada xizmat körsatgan artist Farhod Mahmudov Kun.uz muxbiri bilan suhbatda “Baron” filmida suratga tuşişga pul emas, balki Vatan hissi sabab bölganini qayd etdi.
“Rossiyada yaşab ijod qilib yurgan davrimda Özbekistonda kino suratga olinmay qöyilgan bölsa kerak deb öylardim. Çunki meni heç kim filmlarda rol ijro etişga taklif etmasdi. Biror dongdor film işlab çiqarilganini eşitmasdim, festivallarda ham özbek filmlariga közim tuşmasdi. Qalbimda Vatanimda olingan filmda suratga tuşiş orzusi bor edi, ozgina bölsa ham uçqun qolgandi”, dedi u.
Mahmudovning aytişiça, “Baron” filmida rol ijro etiş uçun taklif tuşganida darhol rozi bölgan.
“Ammo aslo pul uçun emas, yurtimdan taklif bölgani uçun. Mendan taşqari yana uç nafar rossiyalik aktyor bor edi. Rustam Sa'diyevning döstlariga alohida minnatdorlik bildiraman. Ular filmni suratga olişga katta yordam berişdi, barça aktyorlarni qöllab-quvvatlab turişdi”, dedi Mahmudov.
Mahmudov şuningdek, “Baron” filmining ikkinçi qismi haqida ham ma'lumot berdi.
Rossiyada xizmat körsatgan artist Farhod Mahmudov Toşkentda tuğilib-ösgan. Kinodagi birinçi rolini 14 yoşida «Özbekfilm» kinostudiyasida suratga olingan «Börilar» filmida ijro etgan.
Maktabni bitirganidan söng u Moskvadagi Butunrossiya davlat kinematografiya institutida tahsil olgan va faoliyatini Rossiyada davom ettirgan. 2016 yilda u suratga tuşgan özbekistonlik kinorejissyor Rustam Sa'diyevning «Baron» filmi ekranlarga çiqdi.
Video: Mover (tas-ix)
Video: Youtube

















