Prezident maslahatçisi örinbosari Farhod Mahmudov Prezident administratsiyasi rahbariga örinbosar etib tayinlandi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar bermoqda. 

U endi Zaynilobiddin Nizomiddinovga OAV masalalari böyiça örinbosarlik qiladi.

Foto: «ProToday.uz»

Muqaddam Özbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «Özbekiston 24» telekanali boş muharriri lavozimida işlagan Farhod Mahmudov 2018 yilning sentyabrida Ommaviy axborot vositalari, ma'naviyat va ma'rifat, madaniyat, san'at va ijodiy taşkilotlarni rivojlantiriş masalalari xizmati böyiça Prezident maslahatçisiga örinbosar etib tayinlangandi.

Farhod Mahmudov 1973 yil Toşkent viloyati Çinoz tumanida tuğilgan. U 1996 yil Toşkent davlat universitetini tamomlagan. Ma'lumoti böyiça mutaxassisligi jurnalist. 2008 yil «Mehnat şuhrati» ordeni, 2018 yilda «Özbekistonda xizmat körsatgan jurnalist» faxriy unvoni bilan taqdirlangan. 

Farhod Mahmudov 1995 yildan buyon Özbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tizimida turli lavozimlarda faoliyat körsatgan.