Iqtisodiyot | 07:28 / 28.06.2022
19797
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston mahsulotlari ko‘proq qaysi xorijiy davlatlarga sotilayotgani ma’lum bo‘ldi

O‘zbekiston eksportidagi top 10 davlatlar ma’lum qilindi. Davlat statistika qo‘mitasi tegishli xabar bilan chiqdi.

Foto: Dreamstime

Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-may oylarida  O‘zbekiston eksportida yuqori ulushga ega bo‘lgan hamkor davlatlar orasida Xitoy yetakchilik qilmoqda – 1,05 mlrd dollar.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:

  • Rossiya – 939,4 mln;
  • Turkiya – 741,4 mln;
  • Qozog‘iston – 489 mln;
  • Qirg‘iziston – 354 mln;
  • Afg‘oniston – 307 mln;
  • Tojikiston – 171 mln;
  • Kanada – 71 mln; 
  • Eron – 69 mln;
  • Turkmaniston – 63 mln AQSh dollari.

Bundan oldin O‘zbekiston 5 oyda Qozog‘iston va Rossiyaga 432 ming tonna meva va sabzavotlar yetkazib bergani xabar qilingandi

Mavzuga oid