Qömita ma’lumotlariga köra, 2022 yilning yanvar-may oylarida Özbekiston eksportida yuqori uluşga ega bölgan hamkor davlatlar orasida Xitoy yetakçilik qilmoqda – 1,05 mlrd dollar.
Uşbu körsatkiç qolgan davlatlar kesimida quyidagiça köriniş oldi:
- Rossiya – 939,4 mln;
- Turkiya – 741,4 mln;
- Qozoğiston – 489 mln;
- Qirğiziston – 354 mln;
- Afğoniston – 307 mln;
- Tojikiston – 171 mln;
- Kanada – 71 mln;
- Eron – 69 mln;
- Turkmaniston – 63 mln AQŞ dollari.
Bundan oldin Özbekiston 5 oyda Qozoğiston va Rossiyaga 432 ming tonna meva va sabzavotlar yetkazib bergani xabar qilingandi.












