O‘zbekiston | 20:20 / 30.06.2022
49680
3 daqiqa o‘qiladi

“Tashqi kuchlarga imkon bermaslik kerak” - Rabbimov Qoraqalpog‘iston haqida

Siyosiy tahlilchi Kamoliddin Rabbimov O‘zbekiston Konstitutsiyasining Qoraqalpog‘istonga oid moddalarini o‘zgartirish taklifidan keyin post-sovet hududida provokatsiyalar bo‘layotganini ta’kidladi. “Bu masalada birligimizga qarshi bo‘lgan tashqi kuchlarga imkon bermaslik kerak”, dedi u.

Foto: Kun.uz

Siyosiy tahlilchi Kamoliddin Rabbimov ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida O‘zbekiston Konstitutsiyasining Qoraqalpog‘istonga oid moddalariga taklif etilayotgan o‘zgarishlar Qoraqalpog‘istonda turlicha qarshi olinayotgani masalasiga munosabat bildirdi.

“Konstitutsiyamizning 70–75-moddalarini o‘zgartirish taklifi ba’zi qoraqalpoq do‘stlarimizda – qardoshlarimizda ma’lum xavotirlarga sabab bo‘libdi. Men har doim mintaqada integratsiya, birlashuv tarafdori bo‘lganman. O‘zbekistonni Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston va Qirg‘iziston bilan, qolaversa, Ozarboyjon va Turkiya bilan strategik yaqinlashuvi, ittifoqchiligi, birligi tarafdori bo‘lganman!

O‘zbekiston davlat tuzilmasi, sobiq SSSR davrida, ongli ravishda ziddiyatlar bilan rasmiylashtirilgan edi. O‘zbekiston, o‘zbeklar tarixda hech qachon qoraqalpoq jigarlarimizga jabr-zulm qilmagan. Aksincha, tarixda qoraqalpoq jigarlarimizning ajdodlariga jabr-zulm bo‘lganda, Xorazm xonlari bu jigarlarimizni asrab qolishgan edi.

Bugun ham O‘zbekiston qoraqalpoq jigarlarimiz o‘zligini saqlab, rivojlantirish yo‘lidan ketyapti. Biz bir millat, bir davlatmiz! Taklif qilinayotgan o‘zgarish – ushbu bir xalq, qardoshlik, jondoshlik orasiga raxna solishi mumkin bo‘lgan tashqi kuchlarga fitnalar uchun imkon bermaslik niyatida bo‘lyapti. O‘zbekiston qoraqalpoq o‘zligiga, tiliga va madaniyatiga bosim qilmagan va qilish niyati ham yo‘q!

Post-sovet hududida bo‘layotgan provokatsiyalarni ko‘rib turib, bu masalada birligimizga qarshi bo‘lgan tashqi kuchlarga imkon bermaslik kerak. Asossiz xavotir olayotgan qardoshlarimizga murojaatim shuki, globallashgan dunyoda, O‘zbekistonda qoraqalpoq o‘zligiga, tili va madaniyatiga bo‘lgan hurmat-ehtirom, bo‘lgan va oshib boradi”, – deya yozdi Rabbimov.

Eslatib o‘tamiz, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 24 iyundagi yalpi majlisida O‘zbekiston Konstitutsiyasiga o‘zgartishlar kiritish bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan taklif sifatida ishlab chiqilgan qonun loyihasi va Konstitutsiyaviy komissiya tayyorlagan qonun loyihasini birlashtirishga qaror qilingan edi.

25 iyun kuni ochiq muhokamaga chiqarilgan qonun loyihasida Konstitutsiyaning Qoraqalpog‘istonga oid 17-bobiga quyidagicha o‘zgartishlar kiritish taklif etilmoqda:

Mavzuga oid