18 fevral kuni Toşkentda taniqli siyosatşunos Kamoliddin Rabbimovning “Erkin millat poydevori” kitobi taqdimoti bölib ötdi. Asarda mustaqil Özbekistonning 1991 yildan 2016 yilgaça bosib ötgan yöli va yangi davrdagi boşqaruv avvalgisidan qanday farq qilişi tahlil etilgan.
“Kitobni yozişdan maqsadlarimdan biri – ötmişdagi xatolarni institutlaştiriş. Biz şunçaki kampaniya uçun gapirmasligimiz kerak. Xatolar borasida bizda tölaqonli tayanç tafakkur bölişi zarur”, – deydi Rabbimov.
Tadbirda siyosatşunoslar, jamoatçilik faollari va OAV vakillari iştirok etdi. Siyosatşunos Hamid Sodiq muallif bu kitobni taqdim etarkan, öz zimmasiga katta mas’uliyat olganini ta’kidladi:

“Kitob ma’lum bir siyosiy vaziyatni belgilab qöyişga xizmat qiladi. Ma’lum bir davrga intellektual baho beriş – politologiyada bu juda muhim. Publitsistik maqolalarda, ayrim podkastlarda aytilgani bilan, kitob – butunlay boşqa masala. Kitob siyosiy institutlarimiz bajarmayotgan iş – siyosiy islohotlar orqaga ketib qolmasligi, uni yuqoriga intilişga undaş uçun joriy holatni “mixlaş” (politologik tilda “demokratik ankerlaş”)ni bir özi bajarmoqçi böldi va bu – judayam xavfli.
Bu kitobni Kamoliddin akadek inson yozgani ham muhim, çunki u jamiyat tarafida turadigan şaxs. Aynan mana şu xususiyati kitobda köringan. Albatta, hali siyosiy rejimning tabiati fundamental özgarib ketgani yöq. Bunday şaroitda uşbu kitobni yozgan inson ma’lum bir mas’uliyatni ham zimmasiga olganini köryapmiz. Kitob, uning mavzusi va muallifning keyingi karerasi xuddiki birlaşib ketganday, endi bular bir-biriga javob beradiganday”.

Kitob muharriri Komron Çegaboyev vatandoşlik jamiyatini qurişda bu kabi siyosiy adabiyotlarning ahamiyati kattaligini ta’kidladi:
“Oxirgi yillarda siyosiy yönalişdagi kitoblar köp çiqyapti va bu juda yaxşi. Siyosatşunoslik fanining asosini taşkil qiladigan öndan ortiq kitoblar oxirgi bir neça yilda özbek tiliga tarjima qilindi. Mana, endi özbek siyosatşunosi ham ilk kitobini taqdim etyapti. Unda muallif Özbekiston mustaqillik yillarida hozirgaça bosib ötgan yölni tahlil qilib, bu yölda bir tomondan boşqaruvdagi şaxsning örni, ikkinçi tomondan jamiyatning mas’uliyati haqida mulohazalar bildiradi.














