O‘zbekiston | 09:42 / 01.07.2022
17902
2 daqiqa o‘qiladi

Arzonlashgan «tonirovka»ga ruxsatnoma berish boshlandi

Bugun, 1 iyuldan avtomobil oynasi tusini o‘zgartirishga ruxsatnomani my.gov.uz portali orqali navbatlarsiz olish imkoniyati paydo bo‘ldi. 

Yagona portal xabariga ko‘ra, agar ruxsatnoma portal orqali rasmiylashtirilsa, 10 foizlik chegirma beriladi (2 mln 160 ming so‘m bo‘ladi).

O‘zbekistonda 1 iyuldan boshlab mashinalarning orqa yon oynalar tusini o‘zgartirish mutlaqo tekin bo‘ldi. Bu borada tegishli prezident qarori e’lon qilindi.

Qarorda aytilishicha, avtomashinalarning orqa yon oynalariga «tonirovka» yopishtirish tekin bo‘ladi. Bu borada ruxsatnoma olish tartibi bekor qilinadi. Hozirda bu uchun 1,5 million so‘m to‘lov qilish kerak.

Mashinaning oldi yon oynalari tusini o‘zgartirish esa hamon pulli bo‘lib qoladi, ammo narxi olti baravar arzonlashtirilgan. Hozirda old yon oynalar tusini o‘zgartirish uchun 15 million so‘m to‘lash kerak. Ya’ni faqat barcha yon oynalar tusini o‘zgartirish uchun belgilangan BHMning 50 baravari miqdoridagi to‘lovni amalga oshiribgina orqa yon oynalarni qoraytirish mumkin. 1 iyuldan esa bu to‘lov BHMning sakkiz baravari miqdorida, ya’ni 2,4 million so‘m etib belgilandi.

Mavzuga oid