Adliya vazirligi xorijiy davlatlarning oynalari tusi özgartirilgan yengil avtotransport vositalarining Özbekiston hududiga vaqtinça kirişi va tranzit harakatlanişi uçun yiğimlarni undiriş tartibi töğrisidagi nizomga kiritilgan özgartirişlarni davlat röyxatidan ötkazdi.

Unga köra, xorijiy davlat avtotransport vositalari Özbekistonga vaqtinça kirganida yoki tranzit ötganida old, orqa yoki orqa yon oynalari tusi özgartirilgani uçun yiğim tölaş amaliyoti bekor qilindi. Endi yiğim faqat old yon oynalarining tusi özgartirilganligi uçun undiriladi.

Şuningdek, xorijiy fuqarolarga qöşimça qulaylik yaratiş maqsadida mazkur yiğimni bojxona postidagi bank kassalaridan taşqari “E-tranzit” avtomatlaştirilgan axborot tizimida şakllantiriladigan QR-kod orqali onlayn tölaş imkoniyati ham yaratildi.