Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda kasb-hunar maktablariga qabul boshlandi
O‘zbekistonda bugun, 1 iyuldan kasb-hunar maktablariga qabul boshlandi. Bu haqda “Rasmiy xabarlar” kanali xabar berdi.
Joriy yil 9-sinf bitiruvchilarining hujjatlari kasb.edu.uz elektron platformasi orqali 1 iyul kunidan 20 iyul (shu kuni ham) kuniga qadar onlayn qabul qilinadi.
Platformaga tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma yoki ID karta ma’lumotlari, 3x4 hajmidagi fotosurat kiritiladi.
2022/2023-o‘quv yili uchun oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri buyrug‘iga muvofiq 330 ta kasb-hunar maktabiga jami 78 ming 490 ta qabul parametrlari tasdiqlandi.
Shundan, 75 470 ta o‘zbek, 930 ta rus va 2090 ta qoraqalpoq tili guruhlari uchun belgilandi.
Kasb-hunar maktablarida o‘qish to‘liq davlat budjeti hisobidan amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
08:52 / 22.11.2025
O‘rta maxsus ta’lim tarmog‘ida kasb-hunar maktablari yetakchilik qilmoqda
16:18 / 29.11.2024
O‘zbekiston mehnat bozorida talab eng yuqori bo‘lgan mutaxassisliklar aniqlandi
13:50 / 24.05.2024
O‘zbekistonda kasb-hunarga o‘qitishning Germaniya modeli joriy etilishi mumkin
20:21 / 19.08.2023